Yomg'irdan
qochib vitrinali gul dökoniga kirgan qiz gullarning
xush iforidan entikdi. Ichkaridagi yigit qiz
tomonga bir qarab
boshini burdi-yu zumda yana qaradi. Qizning
yomg'irda shalabbo bölgan sochlari yuziga yopishib, uni shu qadar chiroyli körsatardiki, yigit
undan közlarini
uzolmay qoldi. "Salom, tashqarida
yomg'ir ekan, shunga..." "Ha, ha, bemalol,
marhamat.." Yigit qizni kursiga taklif qildi. Ayni
damda u öta hayajonlanardi. Tezda qahva damlab qizga tutdi. "Gullariz juda
chiroyli ekan" dedi qiz, qaynoq qahvani icharkan.
Yigit har
bir gulning nomini va ramzini unga tushuntirib
berdi. Bir zumda ular orasidagi samimiyat
yuraklarda qanaqadir iliqlik uyg'otdi. Yomg'ir
tingach qiz ketar ekan, yigit unga
kiyimi xölligini aytib pidjakini tutqazdi. "Yöliz
tushsa, tashlab
ötarsiz" dedi uning
öylanib qolganidan. Qiz yoqtiraman degan liliyalardan berishni ham unutmadi. Yigit
ham, qiz ham bu tasodifiy uchrashuv uchun
taqdirdan minnatdor edilar. Keyin yana bir bora
uchrashishdi. Undan söng yana... Shu tariqa bir-
birlarini sevib qolishdi. Ösha yomg'ir tomchilari-yu
liliyalar guvoh edi bu sevgilariga. Jonlaridan ziyod
darajaga yetdi
bu muhabbat. Ammo boshqa tomonda qizning
taqdiri hal etib bölinmoqda edi. Otasi qizining
kelajagi haqida qayg'urardi va bölajak kuyovni
tanlab ham qöygandi. Ota yigit haqida bilmasdi. Bilganida esa...
Yigitning sovchilari rad etildi. Yigit qizni juda-juda
sevardi. Usiz hayotini tasavvur qila olmasdi.
Shuning uchun qizga seni olib qochib ketaman
dedi.
Qiz esa yig'laganicha otamning sözi qonun dedi. Ularning holatlariga yolg'iz
osmon yig'ladi yomg'ir bölib.. Qiz
b-n yigit ayrilishdi. Qizning töy kuni ham keldi.
Yigit alam bilan
hamma liliyalarni dökonga sochib
tashladi. Hamma yoq qip-qizil gulga burkandi. Keyin yigit qiz ilk bor kelganidagi ösha kursiga
ötirdi. Qizni, ösha shalabbo sochlarini yodga oldi.
Uning kulishi quloqlari orasida jarang sochgandek
böldi. Chöntagidan nimadir olib unga umidsiz
nigoh bilan boqardi. Keyin pichirladi: "Baxtli böl..."
Qölidagi matoh lezviya edi. Közlarini yumdiyu tomirini kesdi... Köchada esa
kuchli yomg'ir yog'ardi. Yomg'irdan qochib
vitrinali gul
dökoniga shodon holda yuzida tabassum bilan
oppoq
libosli qiz chopib kirdi. Kuyov qizning köz yoshlari sabablarini bilgach
mardonavor holda töyni töxtatgan, qiz esa tezda
bu yerga shoshib kelgandi. Qiz kelganini sezmay
boshini eggan holda
yerdagi liliyalarga qarab kursida ötirgan yigitga
gapirdi: "Salom, tashqarida yomg'ir ekan, shunga..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев