-Mana ketyapman jonim, bir soatlarda yetib
boraman. Qizalog'imiz yaxshimi a?
-Hm, uxlayapti. Mayli, tezroq keling.
-Xop böladi. Siz nima desaiz shuda.
Ruxsora telefonni öchirib belanchakda maza qilib uxlab yotgan bir xaftalik qizalog'iga jilmayib
qarab qoldi. Keyin tug'ruqxona derazasidan
xovlidagi chiroyli mashinada tantana b-n uylariga
ketayotgan yosh er-xotinlarga termulib qoldi.
Doston hali qizini körmagandi. Ruxsorani tölg'oq
tutganida Doston ish b-n xorijga ketgandi. Bugun uchib keldi. Ruxsora shularni öylab qizalog'ining
shamollab qolmasligi u-n derazani mahkamlab
yopib qöydi. Kravatiga chözilib közi ilindi. Bir
soatlar ötgach eshik taqilladi. Uyg'ongan Ruxsora
Doston kelganini sezib eshikni ochdi. Chindan
qarshisida eri turardi. Körishishdi. "Mening shirin qizalog'im qani a? Uni tezroq köray" shoshilardi
Doston. Belanchakda uxlayotgan chaqaloqni sekin
qöliga oldi, peshonasidan öpib qöydi. "Buni qara
Ruxsor, men ham ota böldim. Qizimiz xuddi senga
öxsharkan, biram chiroyli" Ruxsora chetdan ularni
kulib kuzatib turardi. Keyin telefoni jiringlab qoldi. Singlisi ekan, uxlayotgan qizchani uyg'otib
yubormaslik u-n karidorga chiqdi: "Allo"
"Allo..opa..." "Ha, eshitaman..." "Allo opa... Yomon
xabar..." "Nima böldi? Gapirsangchi!" "Pochcham...
Pochchamlarni mashinalari avariya bölibdi". "Hey,
nimalar deyapsan? Esing joyidami?" "Ha, hozir yarim soat oldin... Kasalxona yaqinida...pochcham
mashina ichida bölganlar" "Yöq, jinnimisan?
Pochchang shu yerda. Mana hozir telefonni
özlariga bera...." Ichkariga kirgan Ruxsoraning
qölidan telefon tushib ketdi. Palatada Doston yöq
edi. Belanchakda qizaloq sokin uxlab yotar, xona derazasi esa lang ochiq edi....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев