Hazrati Oisha roziyollohu anhu Payg'ambarimiz s.a.v dan so'radilar: -"Ey Allohning rasuli meni sevasizmi?" -"Ha Oisha sevaman!" "Meni qanchalik sevasiz?"
Payg'ambarimiz s.a.v javob berdilar: -"Ilk kungi kabi, ilk ko'rganim kabi sevaman"... Bu javobdan so'ng Hazrati Oisha roziyollohu anhu onamiz juda hursant bo'lib kettilar.
Hazrati Oisha roziyollohu anhu aytadilar" Payg'ambarimiz bilan o'tirgan edik. Birdan shovqin ovoz eshitilib ular qaradilar, bir habashiy tomosha ko'rsatayotgan edi odamlar atrofini o'rab olgandilar. Menga: "Oisha kel, qara" dedilar oyoqlariga qollarimni qo'ydim va tomosha qilishni boshladim.
Birozdan so'ng "To'ymadingmi Oisha" dedilar. Men ham menga bo'lgan hurmatlarini ko'rish uchun "yoq" deyaverdim charchaganlaridan sezdirmasdan oyog'ini qimirlatardilar.
(Buhoriy rivoyati)
Rasululloh s.a.v Hazrati Oisha onamiz birinch bo'lib ichishlarini hohlab va tekkan joylaridan ichardilar. Ba'zan go'sht yegan paytlarida ham Oisha onamiz yegan parchadan olib yerdilar payg'ambarimiz s.a.v juftiga hurmat bilan muomila qilar edilar. Erkalab mahsus ism bilan murojaat qilar edilar Oisha onamizni "Ko'zimni qarosi" der edilar. Ba'zan "Ey Oisha gapir ko'nglimiz yorishsin" der edilar. Juftini tinglab huzur oladigan juft edilar. Ba'zan og'ir kunlarida siqilgan vaqtlarida Oisha onamizga: "Qo'lingni ber Oisha ichimiz yorishsin" deb qo'llaridan tutardilar. Ularni doimo himoya qilardilar. Yomonlardan yomon ko'zlardan asrardilar. Hech qattiq gapirmas hafa qilmas edilar. Hech yig'latmas yerga urib haqorat qilmas edilar ishlarida ham juftlariga yordam berar kiyimlarini o'zi tikar edilar. Ayollarini har tomonlama hurmat ko'rsatar hamma ishlarini ayollari bilan maslahatlashib qilar edilar, yaxshi yomon kunlarida ham doim yonida bo'lar edilar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев