Majburman…
Hech nima demadi. Deyolmadi. Nima
ham desin? Men uchun ota- onangizni
ra’yiga qarshi boring, desinmi? Ularni
norozi qilib baxtli bo’laylik desinmi?
Qanday qilib?
Alamini ko’z yoshlaridan oldi. Uzoq
yig’ladi. Uning bilan bir butun bo’lib
turgan dunyo biri kamga aylandi qoldi.
Yer-u ko’k zulmatga cho’mdi. Bo’m-
bo’sh, hammayoq bo’m bosh… uning
yonida ko’z ochib yumguncha o’tib
ketguvchi vaqt endi atayin borgan sari
immilaydi. Qiz ko’zlarini yumadi. Qani
uxlab qolsa, so’ng uyg’onsayu bu
azoblarning hammasi tushga aylansa…
ko’zlarini ochgani hamon har
doimgidek uning ovozini eshitsa:
“Buncha uyquchi bo’lmasang?
Sog’inchdan ado bo’ldimku
uyg’onishingni kutaverib…”
***
- Bilasanmi, men nimani hohlayman?
- Nimani?
- Birinchi farzandimiz qiz bo’lishini.
Xuddi senga o’xshagan.
- Ey yo’q bo’lmaydi! Sizga o’xshaydi.
Menga o’xshasa hunuk bo’lib qoladi.
- Bekor aytibsan! Ko’zlari, sochlari,
yuzlari, hamma hammasi senga
o’xshagan bo’ladi. Huddi onasiga
o’xshagan chiroyli bir qizcha…
- Ismi Asal bo’ladi.
- Xa endi oyijonisiga o’xshagan bo’lsa,
Asal bo’ladi-da.
***
- Uyimizning devorida ikkimizning
suratimiz bo’ladi. Kattakon! Har safar
unga ko’zimiz tushganida
hayotimizning eng baxtli laxzalarini
eslaymiz.
- Bizning hayotimizning har laxzasida
baxt bo’ladi.
- Chunki yonimda sen bo’lasan!
***
… Undan biror xabar, aqalli birgina
qo’ng’iroq kutadi. Kuta-kuta uxlab
qoladi. Saxarlab ko’zlarini ochadiyu
avvallari uning dastidan tin
olmaydigan, xozir esa yostig’ining
yonida sas- sadosiz, mung’ayibgina
yotgan telefoniga shosha- pisha
qaraydi. Ko’zlari ochilib ulgurmay
yana yoshlanadi.
Qayeri og’riyotganini bilmaydi, ammo
qattiq og’riydi, yomon og’riydi…
***
- Bizning orzularimiz qachon ro’yobga
chiqarkin-a?
- Mana ko’rasan, ularning hammasi
ushaladi, hech kimnikiga o’xshamagan
to’y kunimiz , shiringina uyimiz,
kichkintoylarimiz…
- Biz baxtli bo’lamiz Hudo hohlasa!
- Hudo hohlamasa uchrasharmidik…
***
Bo’lmaydi. Qayga boqsa u, nega boqsa
u! alamlar jon –jonida o’tib ketadi.
“Unutaman!”
Qiz suratlarni bitta- bittalab o’chirib
chiqadi. Qo’li tugul butun vujudi kuyib
ketsada o’chiradi. Bitta ham
qoldirmaydi. So’ng uning ismi yozilgan
neki borki o’chiradi. Xabarlarni ham,
raqamlarni ham... xar diydordan
guvox, aziz esdalik deya u hadya etgan
guldastalardan bitta bitta sug’urib,
qurutib asrab qo’ygan atirgullarini
derazadan uloqtiradi. Uni eslatuvchi
hech nima qolmaydi. Hech nima…
Biroq… qani imkoni bo’lsayu uning
nomi yillarda o’chirishga qodir
bo’lmaydigan qilib o’yib yozilgan
yuragini ham su’gurib olsa! Beixtiyor
uning ismini shivirlab qoladigan tilini
kesib olib uloqtirsa, hayollarini
zanjirband etib tashlasa! Shunda
unutarmidi uni, shunda tugarmidi bu
hadsiz azoblar?...
***
- Men qo’rqaman. Qachonlardir
ayrilishimizdan, ayirishlaridan
qo’rqaman…
- Jinnivoy! Unday dema, bizni hech kim
hech qanday kuch ayirolmaydi. Axir
bu yuraklarni bir- biridan ayirish
mumkinmi? Bir-birisiz, yarim xolda
yashay oladimi ular? Hech qachon…
***
Qiz shoshib zinalardan pastga enadi.
Tashqariga otilib chiqadi. O’tlarni
orasini paypaslab qidiradi.
“Shu yerga tushgan bo’lishi kerakku,
qani ular, qani?”
Topadi. O’zi kabi so’lg’in yaproqlari
quruqshagan atirgullar poyida tiz
cho’kadi. Asta qo’llariga olib,
avaylabgina bag’riga bosadiyu o’krab
yig’lab yuboradi. Sog’inch, alam,
istirob, armon yoshlariga shu qadar
g’arq bo’ladiki, xatto, yelkalaridan
tutgan barmoqlar taftinida sezmaydi.
- Nargiz … Men keldim. Ular rozi
bo’lishdi…
Titroq qo’llarda gunoxkordek
mung’ayib turgan so’lg’in gullar hajr
sinovidan o’tgan qalblar poyiga
sochilib ketadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1