Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga
kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq kuylab
hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan
so'ng xonanda poytaxtimizdagi Manon Uyg'ur
nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat
institutining rejissura fakultetini tamomladi.
"To'lin oy" ilk qo'shig'ini Sevinch "Navro'z"
bayramida kuylaydi. Xonanda ijod davomida 6
ta albom yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim",
"Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket",
"Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada
nafaqat O'zbekiston xududida, balki AQSh,
Rossiya, Istambul, Ozarbayjon, Tojikiston,
Qirg'iziston davlatlarida ham mashhurlikni
qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq kuylabgina
qolmasdan bir nechta filmlarda ham rol ijro
etgan. Yusuf Roziqovning "Dilhiroj", Bahrom
Yoqubovning "Baxt uchun million", "Tsunami",
"Qish ertagi" filmlarda bosh rollar ijrochisi
bo'lgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев