Nigora Ismailova 1988-yil
12-sentabrda Toshkent shahrida tavallud
topdi. Nigora bolaligidan qo'shiq aytishga juda
qiziqqani uchun ham u 5–sinfda o'qib yurgan
vaqtlarida, "Tantana" qo'shiq va raqs
dastasiga qatnashib yurgan. Oybek Alimov
esa 1987-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida
tavallud topdi. Bolalikdan qo'shiq aytishga
qiziqqan Oybek ham Xamza nomidagi musiqa
kollejini bitirgan. Oybek va Nigora duet tuzilish
tarixiga kelsak, ikki talaba "Akfa-Media"
tomonidan o'tkazilgan qo'shiqchilik tanlovi
g'olibi bo'lishgan va 2005-yilda bu guruh
tuzildi. Oybek va Nigora "Sen uchun",
"Yorimsan" xit taronalari bilan tanildilar.
Hozirda ularning ikkita "Sen uchun" va
"Sog'indingmi man qurg'urni" albomlari hamda
50 dan ortiq qo'shiqlari muhlislarga taqdim
etilgan. Oybek va Nigora 2008-yil "Nihol"
mukofoti sovrindorlari bo'lganlar. Bundan
tashqari "Navro'z" va "Mustaqillik" bayramlari
tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqdalar.
Xonandalar nafaqat qo'shiq kuylashadi, balki
kinofilmlarda bosh rollarni ham ijro etib
kelmoqdalar. Jahongir Poziljonovning
rejissyorligidagi "Amakivachchalar",
"Boyvachcha", Javlon Shodmonovning
"O'xshatmasdan uchratmas", rejissyor
Jahongir Axmedovning "Oling quda bering
quda" filmlari shular jumlasidandir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1