Bu voqeani eshitib badanimda
titroq turdi: Ikki-uch og'ayni bir
uyda yig'ilishib o'tirib, yoqtirgan
qizlarini chaqirishdi...
Ko'ngilxushlik avjida. Oralaridan
bitta bola og'aynisga telefon
qilib, uni ham uyiga chaqirdi.
Qizlar bilan dam olib
o'tirishganligini aytdi. U bola
hozir 10 minutlarda borishni
aytib telefonni qo'yibdi. 10-15
minutlardan so'ng, uy eshigi
taqqilladi, eshikni ochsa o'sha
bola. Yigit o'rtoqlari bilan
so'rashib ichkariga kirdi. Kirsa, ne
ko'z bilan ko'rsinki, qizlarni
orasida uning singlisi ham bor
edi. Bolani o'sha paytdagi
holatini tasavvur qilish qiyin.
Singlisi bir bolani quchog'ida
o'tirardi. O'zini yo'qotgan bola
singlisini ham, yonidagi bolani
ham stolda turgan pichoq bilan
jonlariga qasd qildi. Ular vafot
etishdi... Endi 19 bahorni
qarshilagan bola 18 yil
ozodlikdan mahrum etildi. Yana 2
yosh bu olamni erta tark etdi....
Nima uchun? Bu ayanchli
voqeadan hamma ibrat olishi
kerakligi uchun temani qo'shdim.
O'zbek qizlari o'ylab ish qilinglar.
Sizlar biz O'zbek yigitlarining Or-
nomusisizlar. Agar sizlar imkon
bermasangiz hech kim sizlarni
majburlab bunaqa behayolikka
torta olmaydi. Hammasi
o'zlaringizni qo'llaringizda. Bir
yigitni sevib, u bilan yurib,
gaplashishdan oldin, sizlarni
voyaga yetkazgan Ota-
Onalaringiz, Akalarningiz,
Ukalarinizning Or- Nomusini
o'ylanglar. Agar sevganingizga
emas, boshqasiga turmushga
chiqsanglar uni ko'ziga qanday
qilib qarashni o'ylanglar...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1