-Xm keldim.
-Jinnivoy yig'layapsanmi?
Nega yig'layapsan?
- Qanday kulay? Axir
xayrlashgani keldimku!
Ertaga to'yim. Ertadan sizni
boshqa
ko'rolmayman. Ko'rsam ham
gaplasholmayman,
tushunyapsizmi?!
Yig'lamaslikning iloji bormi?
- Garchi xayrlashayotgan
bo'lsak ham sendan oxirgi
iltimos kulib xayrlash.
Toki seni eslaganda doim
tabassum bilan eslay.
Qani endi jilmaychi.
- Xo'p mana.
- Exx, hatto kulgularing ham
yig'i aralash.
- Menga tushuntirib bering,
bizga nima bo'ldi?
Axir hammasi yaxshi edi.
Qanday sabab borki
xayrlashyapmiz? Men hamma
narsaga tayyor
edim. Nega qo'rqoqlik qildik?
Kurashmay taslim
bo'ldik? Yoki
sevmaganmidingiz? Ayting,
aybim
nima?
- Bilasanmi, har doim ham biz
xohlaganday
bo'lavermaydi. Mendan
nafratlanishing
mumkun. To'g'ri, baxtli
bo'lishimizga ikki qadam
qolgandi, lekin shu ikki
qadamni bosib
o'tolmadik. Meni sharoitimni
o'zing bilasan.
O'qishim bor. Uning ustiga
shartnoma asosida
o'qiyman. Turmush bu faqat
ikki kishining birga
yashashi emas. Men o'qishimni
bitirishim, ish
topishim kerak. Bunga vaqt
kerak. Seni esa
uydagilaring kutishmasdi. Yo'q,
men ota-onangni
ayblamayman, bular bir sabab
holos. Ular faqat
seni baxtli bo'lishingni
xohlashdi. Hamma ota
onalar kabi. Aslida birga bo'lish
peshonamizga
yozilmagan. O'zingni esa
hecham ayblama. Seni
faqat bitta aybing bor, u ham
bo'lsa onang seni
chiroyli tuqqan.
- Siz o'zingizni o'ylayapsiz,
menichi?
O'ylamadingizmi?
O'ylamadingiz a? Yana
shoirlarday gapirishinichi.
Onam meni chiroyli
tuqqandan ko'ra, baxtli tug'sa
bo'lmasmidi? Axir
men sizga sodiq qolmoqchi
edimku. Endi
odamlar sevgiga ishonmay
qo'yadi.
- Mana bu daraxtga qara, hu
anavi sarg'aygan
bargni ko'ryapsanmi? U ham
daraxtiga sodiq
qololmay uzilib yerga tushdi.
Bu tabiat qonuni,
shu kabi hayotimizda ham biz
istamagan
qonunlar bor.
- Sog'insamchi? Nima
qilaman?
- Bilaman senga tanlashgan
yoring yaxshi inson.
Har taraflama o'zinga mos.
Keyin bolalar,
rozg'or, uy yumushlari bilan
sog'inishga vaqting
bo'lmaydi. Yoningda ko'rkam
yoring ham
bo'ladi.
-Sizchi? Sog'insangiz nima
qilasiz?
- Meni o'ylama. Sog'inchimni
yuragimga ko'mib
qo'ydim. Aslida hammadan
senga qiyin bo'ladi.
O'zga qo'llarga, o'zga
muhabbatga, boshqa
barmoqlar sochlaringni
o'ynashiga ko'nikishing
kerak. Endi o'zga ovoz seni
erkalab suyushiga
chidashing kerak. Buning uchun
esa senga katta
kuch va
sabrkerak. Senga Allohdan
katta kuch va sabr
tilab qolaman.
- Bunaqa gaplarni gapirmang,
battar yig'lab
yuboramanku.
-Mana ro'molcha. Voy uzr,
o'rganib qolibman.
Doim xafa bo'lsang
yoshlaringni artib qo'yardim.
Endi bu gunoh. Yoshlaringni
o'zing artib olaqol.
-Meni "yig'lama" deb o'zingiz
yig'lapsizku. Ana
ko'zingizda yosh ko'rindi.
- Jinnivoy bu quvonch yoshi...
Axir ertaga sen
orzu qilganday oq libos
kiyasan. Ertadan seni
"kelinchak" deb atashadi.
Shirindan shakar og'il
qiz farzandlaring bo'ladi. Afsus
bu go'zallikni
ko'rish menga nasib etmas
ekan. Shuni bilamanki
sen dunyodagi eng go'zal kelin
bo'lasan...
Boshqalarga o'xshab "Meni
unutma" demayman.
Chunki meni har bir eslashing
senga gunoh
bo'ladi. Men gunohkor
bo'lishingni
xohlamayman. Bir tush kabi
meni unut. Shu
paytgacha shirin tushlar
ko'ryotgandik, uyg'ondik
deb tasavvur qilda hatto endi
eslama. Agar sen
tush bo'lganingda edi bir umr
uyg'onmay
uxlashga rozi edim. Sendan
so'ngi iltimosim,
menga qilolmagan vafoni jufti
halolinga qil. Doim
kulib yur, kulib yasha. Senga
kulish yarashadi.
-Sizchi? Siz nima qilasiz?
- Meni o'ylama dedimku.
Buncha qaysarsan?
Men taqdirning
masxaraboziman.
Taqdirimdagini
ko'raman.
- Nima endi sizni hatto hayolan
ham o'ylay
olmaymanmi? Hatto hayolimda
ham
sog'inolmaymanmi?
Gunohmi?Chiday
olarmikinman? Sizdan ham
iltimos, siz ham tezroq
uylaning. Faqat mendan
chiroyliroq, vafoliroq bo'lsin
yoringiz. Doim sizga
g'amxo'rlik qilib, mexriboningiz
bo'lsin.
- Buni vaqt ko'rsatadi. Biz
sevdik, sevildik. Demak
baxtli bo'lishga xaqlimiz. Baxtli
bo'lamiz ham.
Menga bir narsa taskin beradi.
Bizda baxtli kunlar
bo'lgan. Eslasak arzigulik
xotiralarimiz bor. Eng
muhimi bir-birimiz orqali
muhabbatni angladik.
Mening yashashim uchun
shuning o'zi kifoya.
Telefoning jiringlayapti.
Qo'ng'iroqqa javob ber.
Menimcha u qo'ng'iroq qilyapti.
- Xm u telefon qilyapti.
Ketishim kerak, lekin
hecham ketgim kemayapti.
Qani vaqt to'xtab
qolsayu shu yerda qolsam.
- Boraqol endi, quchog'imdan
uch. Bor, boraqol.
Seni kutib qolishdi.
- Yana ozroq, ozgina qolay.
- Boraqol endi ayiqcha ).
-Xm, xo'p mana ketyapman.
Yaxshi qoling. Baxtli
bo'ling!
- Sen ham baxtli bo'l!
Asta-asta qadam tashlab
ketayapsan, yerda
yotgan xazonlar
qadamlaringdan shitirlab
ayriliq
simfoniyasini chalayotgandek.
Orqanga bir bir
qarab qo'yasan. Ko'zlaring
"Olib qoling" deya
mo'ltirayotgandek. Goho
"Xayr" deb qo'lingni
ko'tarib qo'yasan. Oxirgi
qarashda yig'i aralash
kulib qo'ydingu, bulutlar ortiga
berkingan
quyoshdan ko'rinmay ketding...
Sen ketding.
Faqat ayriliq qoldi sevgimizdan.
Xazonlar
guvohligida mana shunday
xayrlashdik bizlar.
Yana bir sevgiga qo'yildi
nuqtalar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9