safardan uyga qaytdim.Hamma
xursand hamma meni qaytib
kelganimni eshitib,uyimga
yig'ilishib keldi ko'plab tabriklar
eshitdim.Oradan 1-hafta o'tdi va
uyda biroz dam olganimdan
keyin,ko'chaga chiqib atrofni
tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-
da ayni yigitlik chog'imda
bundan 5-yil oldin bir qiz bilan
tanishib,uni sevib qolgandim u
ham meni sevardi.Shu kunlarda
uni eslab yurdim va bir kuni
shaharda uni uchratib qoldim,u
judayam o'zgargan ilgarigi
chiroyiga yana chiroy qo'shilgan
edi yurishlari xozirgi zamon
qizlarini kiyinishlari har qanday
yigitni es xushini olardi.U juda
go'zal edi,men esa oddiy
kiyingan oddiy yigit edim.Har
doim hayron qolardim qanday
qilib shunday qiz mendek
kamsuqumgina oddiy bolani
sevib qoldi derdim.U bilan yana
gaplashishni boshladim yana
o'sha eski sevgi muhabbat
qalbimizga jo'sh ura
boshladi.Har kuni uchrashadigan
bo'ldik.Uni yana bir bor
uchratganimdan xursand
edim,bunday qiz hayotimda
birinchi marta edi.Kunlardan bir
kuni uni do'stlarim yomon qizga
chiqarishdi axloqsiz yigitlar bilan
yuradi deyishdi.Men uni
shunchalik sevardimki
do'stlarimni birorta gapiga
ishonmadim.Men buni
ko'rmagunimcha ishonmayman
dedim.Keyin jaxlim chiqib unga
telefon qilib rosa urushib
berdim,do'stlarimni gaplarini
aytdim baqirdim unga.U
yig'laberdi.Shu bilan oradan
ancha vaqt o' tdi.Bu so'zlarga
ishonmadim xech qachon,u bilan
har doimgidek uchrashib
yurardim.Vaqti kelib meni yana
safarga otlanishimga to'g'ri keldi
va men yana chet elga
ketdim.Kunlar o'tib unga telefon
qilsam boshqa qiz ko'taradigan
bo'ldi.Bir amallab bir kuni o'ziga
tushib qoldim u telefon
ishlatmayotganini onasi tortib
olganini aytdi,men
ishondim.Shundan keyin oradan
oylar o'tdi yana bir kuni telefon
qildim umuman o'chirilgan.Shu
bilan uni yana yo'qotdim.Balki
do'stlarim rost aytishgandir deb
o'yladim.Buni xecham
unutolmadim.Oradan 1-yarim yil
o'tgach yana uyga qaytdim,uni
xech qayerdan topolmadim.Bir
kuni kech tushganda yo'lda
qorong'uda qolgan ikki kishini
ko'rib qoldim.Ular taksi
to'xtatishardi lekin xech bir
mashina to'xtamasdi.Ularga
yaqinlashib borib qayergacha
dedim.Ular 3-chi bekatga oborib
qo'ying deyishdi.Ularni biri yigit
ikkinchisi esa qiz bola
edi.Ikkalasiyam orqaga o'tirib
olishdi va menga qarab yigit
kishi,okam siz bizga e'tibor
bermay aytgan joyimgacha olib
borib qo'ying dedi.Men xop
dedimu indamay yo'limda
davom etaverdim.Ular orqa
o'rindiqda mendan uyalmay
behayolik qila boshladi.Men
indamay ketaverdim.Tavba
insoniyatga uyat ham qolmabdi
dedim ichimda.3-chi bekatga
yetib keldik ularga oynadan
qarab yetib keldik dedim.Yigit
raxmat okam dediyu
mashinadan tushib pulni
berdi.Qiz esa tushmadi,yigit
menga qarab okam shu qizni
aytgan joyiga olib borib qo'ying
pulini men beraman dedi.Men
xop dedim,pulini berdi va
xayrlashib ketdi.Yo'lda davom
etdim oynadan qizga qarab
qayerga hayday singlim
dedim.Orqa taraf qorong'u edi
uni yuzi ko'rinmasdi.Qiz menga
Toj mahal 5-chi ko'chaga deb
gapirdi.Xop singlim qiziq ovozi
tanish kimgadir o'xshar
ekan,lekin kim
eslolmayapman.Shu payt qiz
telefonini olib dugonasiga
qo'ng'iroq qildi.Alo dugonajon
qaliysan ha aytgan yigiting bilan
gaplashdim,voy nega oldinro
uchrashtirmading bunaqasini
xali uchratmagandim mayli man
15-minutlada yetib
boraman,nima qaysi yigit !?
Haaa haligi 1-yarim yil oldin
xizmat safariga ketgan
yigitmi,voy kelibdimi qayerda
ekan sanga kim aytdi,nima mani
qidirib yurgan ekan!? Eey
dugonajon shuyam yigit
bo'libdiyu,kissasida xemiriyam
yo'q restoranga borganimizda
pulni yarmini o'zim
to'lagandim.Lekin juda yoqimtoy
edi,voy nimalar deyapsan
dugonajon man o'shani
sevardimmi mana!? Qo'ysangchi
hudo asrasin undakaladan.Man
unaqalani oyog'im tagiga qator
qilib terib qo'yamanu.Agar o'sha
yigit mana bunday mashinada
oldimga kelganida unga yana
qaytardim,yolg'ondan ikki og'iz
shirin so'zlasam ilinardi
qo' yardi.Ha mayli dugonajon
man xozir yetib qoldim keyin
gaplashamiz bo'pti...
Men gap boshladim singlim nega
unaqa deysiz axir ygit o'zi uchun
qilmagandir,balki sizni sevgandir
sizni deb safarga chiqib
ishlagandir kelgan bo'lsa agar
sizni qidirib yurgan bo'lsa.Sizni
rostdan ham sevar ekan mana bu
xaqiqiy yigit ekan sevgisiga
sodiq qolibdi dedim.Aka nimalar
deyapsiz qanaqa sevgi bunaqa
yigitladan son mingtaku,mayli
shu yerda to'xtatvoring
tushaman dedi.Mayli o'ziz bilasiz
singlim dedim.Eshikdan tushar
ekan menga boshqacha qarab
qo'ydi.Qayerdandir telefonni
ovozi eshitila boshladi.Orqa
o'rindig'da qizni telefoni qolib
ketibdi,olib qarasam dugonasi
eka.Olib javob berdim alo aka
hali shu yerdamisiz uzur
telefonim mashinayzda tushib
qolibdi dedi.Ha kelib olib ketishiz
mumkin dedim.Biroz joyimda
turib kutdim 2-daqiqadan keyin
qiz qaytib keldi,lekin dugonasi
bilan edi.Telefonini oldi va
raxmat aytdi.Dugonasi meni
oldimga keldi va ismimni so'radi
men ismimni aytgandim ular bir-
biriga qarab angrayib
qolishdi.Meni tanib qolishdi deb
o'yladim va mayli yaxshi qolilar
dedimu mashinamni o't oldirib
haydab ketdim.Endi uni xech
qachon eslamayman sevmayman
deb so'z berdim
o'zimga.Hayotning sinovlari
shunaqa ekan men sevgan qiz
foxisha ekan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев