Предыдущая публикация
Tanasin tuproq eltdi, ruhini samo
Million inson orasida bir zot bor ammo,
Vatanni kuylamoqda balki u tanho,
Ismidan olamga naqsh bitgan shoir,
O'zini vatanga baxsh etgan shoir.
Tug'ildi vatanni kuyladi bu zot,
She'r bitib qalblarni siyladi bu zot,
O'ylasa o'zbekni o'yladi bu zot,
Uyatku ruhlarin etmasak biz shod.
Ismidan olamga naqsh bitgan shoir,
O'zini vatanga baxsh etgan shoir.
Vaqt o'tar ko'payar buyuk shoirlar,
Balki ismin yozarlar toshlarga o'yib,
Lekin madhiyamiz har tong aytarlar,
She'r bitar qo'llarin ko'ksiga qo'yib.
Ismidan olamga naqsh bitgan shoir,
O'zini vatanga baxsh etgan shoir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев