Tanqisligi Sindromi) —
davolanilmagan taqdirda 'OIV'(Odam
Immunitet-tanqisligi virusi)ning
immunitetni ishdan chiqishiga yo'l
ochgan bir sindromdir.
OIV tashiganlarga, OIV musbat deb
ataladi. OIV musbat va OITS farqlidir.
Har bir OIV musbat bo'lgan kishi OITS
lar orasiga qo'shilmaydi. Hozirgi
kunda OIV musbatlar turli hil yo'llar
bilan davolanib, OITSlarni orasiga
qo'shilmasdan yashab kelmoqdalar.
OIV musbat bo'lgan kishilar ortiq
o'limlarini kutmayaptilar. Hozirgi
kundagi davolanish yo'llari bilan,
OIV/OITS ortiq surunkali bir
kasallikdir.
OIV virusi qonga yuqqandan so'ng bir
necha yil davomida o'zini
sezdirmaydi. Virus yuqqandan so'ng
test qildirilgan taqdirda, faqatgina 3
oydan so'ng to'g'ri javobni ko'rsatadi.
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi
(OITS) — ret-rovirus guruhiga
mansub virus qoʻzgʻatadigan
kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV
infeksiyasi va bevosita OITS (SPID)
davri. OITV infeksiyasi davri odam
organizmida virus bor, lekin kasallik
alomatlari hali na-moyon boʻlmagan
davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda
prof. Lyuk Montanye hamda AQShda
prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar
tomonidan kashf etilgan (1983 yil).
Bu virus odamning immunitet
tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di,
ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga
qirgʻin keltiradi. Virus odam
organizmiga tushgach, 2—3 kundan
soʻng , 25—30% hollarda birlamchi
infeksiya davriga xos alomatlar
kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir
serokonversiya sin-dromi" deb
ataladi, bunda harorat koʻtariladi,
tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh
ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich
ketishi, badanda, ayniqsa, uning
yuqori qismida toshmalar paydo
boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam
organizmiga tushgan virus taʼsiriga
immunitet tizimi maʼlum darajada
javob qaytarish reaksiyasi bilan
bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni
aniqlash natija bermaydi, chunki
immunitet tizimining javobi hali toʻliq
shakllanmagan boʻladi. Kasallikning
bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan
undan ham uzoq davom etishi
mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda
OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish
qonda kasallik virusiga qarshi paydo
boʻlgan antitelolarni aniqlash —
immun ferment taxlili (IFT)
reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki
antitelolar virus organizmga
tushgach, 3 haftadan soʻng
shakllana boshlasa ham,
qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni
ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga
ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida
virus organizmga tushganidan soʻng
90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish
natijasiga qarab xulosa chiqarish
mumkin.
.OITS OITV infeksiyasining yakuniy
davri hisoblanadi. Virus bilan
organizm oʻrtasidagi kurash uzoq
davom etib, virusning ustunligi bilan
tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri
boshlanadi. Bu davrda odam
organizmi har qanday mikrobga
bardosh berish xususiya-tini
yoʻqotadi. Jumladan, nafas,
meʼdaichak, siydik yoʻllarida doimo
mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata
ol-maydigan mikroblar ham
faollashib, turli xastaliklarni keltirib
chikari-shi mumkin. Ularning
namoyon boʻlishi organizmda yuzaga
kelgan OITS holati bilan bogʻliq
boʻlgani uchun, ushbu guruhga
kiruvchi kasalliklar jamlangan holda
OITS bilan bogʻliq (assotsiirlan-gan)
infeksiyalar deb ataladi. Bular
bakterial infeksiyalar, zamburugʻli
kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan
kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va h.k.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 18
OIV yuqqandan so'ng, OITS
kasalligining belgilari kishining
yashash sharoiti va immunitetiga
qarab, 3 - 5 yil, ba'zida undan ham
ko'proq vaqt o'tgach namoyon
bo'ladi. OIV yuqqan vujudda har xil
hujayralarga, ko'proq CD4+T qon
hujayralariga yerlashib ko'payadi.
Zarar ko'rgan CD4+T hujayralari
kamayib borib immunitet o'z kuchini
yo'qota boshlaydi. OITSga chalingan
kishining, odatta oddiygina bir
nechakunda kelib kechadigan
kasalliklarining muddati anchagina
uzayadi, tuzalishi qiyinlashadi. Limfa
bezlarida kattalashish, og'iz va terida
takror-takror uchuq, yara toshishi,
dog'lar paydo bo'lishi ko'riladi.
Bemor, kechalari terlashga, isitmasi
chiqishga, ozishga boshlaydi. Bir
insonda ushbu belgilarda bir
nechtasi paydo bo'lsa, o'sha
insonning OITS bo'lgan bo'lish
ehtimoli bo'ladi. Kaposi Sarkomasi va
limfa kasalliklari bo'lsa OIV ning
belgilar bo'lishi mumkin. Buni
aniqla...ЕщёBelgilari
OIV yuqqandan so'ng, OITS
kasalligining belgilari kishining
yashash sharoiti va immunitetiga
qarab, 3 - 5 yil, ba'zida undan ham
ko'proq vaqt o'tgach namoyon
bo'ladi. OIV yuqqan vujudda har xil
hujayralarga, ko'proq CD4+T qon
hujayralariga yerlashib ko'payadi.
Zarar ko'rgan CD4+T hujayralari
kamayib borib immunitet o'z kuchini
yo'qota boshlaydi. OITSga chalingan
kishining, odatta oddiygina bir
nechakunda kelib kechadigan
kasalliklarining muddati anchagina
uzayadi, tuzalishi qiyinlashadi. Limfa
bezlarida kattalashish, og'iz va terida
takror-takror uchuq, yara toshishi,
dog'lar paydo bo'lishi ko'riladi.
Bemor, kechalari terlashga, isitmasi
chiqishga, ozishga boshlaydi. Bir
insonda ushbu belgilarda bir
nechtasi paydo bo'lsa, o'sha
insonning OITS bo'lgan bo'lish
ehtimoli bo'ladi. Kaposi Sarkomasi va
limfa kasalliklari bo'lsa OIV ning
belgilar bo'lishi mumkin. Buni
aniqlash uchun anti-OIV testi
qilinadi.
Himoyalanish
Begona kishining qonini olishdan
oldin, uning OITS testidan o'tib-
o'tmaganini albatta tekshirish zarur.
Ishlatilgan va Stirillanmagan igna,
jarrohiy asboblar, qaychi,
stomotologiya asboblari, akupunktur
ignalari ishlatilinmasligi zarur. Bu
kabi asboblar ishlatilishdan avval
albatta sterillanishi zarur. Bu kabi
asboblarni biron bir kishiga
ishlatishdan avval, u kishi bu
asboblar haqida bilmoqchi bo'lgan
butun savollarni mutahasisga
so'rashi zarur.
OIV musbat bo'lgan bemor, hech
qachon birovga qon bermasligi zarur.
OIV musbat bo'lgan bemor, hech
qanday himoyalovchi vositasiz jinsiy
aloqaga kirmasligi zarur.
Ochiq yaralar, vujudga mikrob/
virus/bakteriyalarni olib kirmasligi
yara plasterlari yoki stirillangan
paxta, doka kabilar bilan bekitilishi
zarur.
OIV jinsiy aloqadan ham yuqadi. OIV
musbati bo'lgan bemor jinsiy aloqada
himoyalovchi vositalardan
foydalansa, OIVni jinsiy aloqadagi
sherigiga yuqtirmasligiga deyarli
butunlay kafolat beriladi.
Jinsiy aloqada himoyalovchi vosita
( prezervativ)dan foydalanish,
havfsiz jinsiy aloqaning birinchi
shartidir. Quriladigan jinsiy aloqa,
tahlikasiz deb bilinsa ham,
prezervativdan foydalanish
maqsadga muvofiq. Ko'pchilik OIVni
faqatgina fohishalarda,
giyohvandlarda va shunga
o'hshashlarda bo'ladi deb bilganlari
tufayli ulardan tashqarida bo'lgan
jinsiy aloqada himoyalovchi
vositadan foydalanmaydilar. Biroq,
bu tushuncha yanglish bo'lib, OITS
faqatgina bir ijtimoiy guruhga oid
kasallik emasdir! Kasallikning
mikrobi bo'lgan OIV, jins, irq, yosh
tanlamagan holda hammaga yuqishi
va hammada bo'lishi mumkin.
Jinsiy aloqada prezervativni to'g'ri
ishlatishni bilish shart. Prezervativ
joylashgan qutini ochayotganda
o't...ЕщёJinsiy Aloqa
OIV jinsiy aloqadan ham yuqadi. OIV
musbati bo'lgan bemor jinsiy aloqada
himoyalovchi vositalardan
foydalansa, OIVni jinsiy aloqadagi
sherigiga yuqtirmasligiga deyarli
butunlay kafolat beriladi.
Jinsiy aloqada himoyalovchi vosita
( prezervativ)dan foydalanish,
havfsiz jinsiy aloqaning birinchi
shartidir. Quriladigan jinsiy aloqa,
tahlikasiz deb bilinsa ham,
prezervativdan foydalanish
maqsadga muvofiq. Ko'pchilik OIVni
faqatgina fohishalarda,
giyohvandlarda va shunga
o'hshashlarda bo'ladi deb bilganlari
tufayli ulardan tashqarida bo'lgan
jinsiy aloqada himoyalovchi
vositadan foydalanmaydilar. Biroq,
bu tushuncha yanglish bo'lib, OITS
faqatgina bir ijtimoiy guruhga oid
kasallik emasdir! Kasallikning
mikrobi bo'lgan OIV, jins, irq, yosh
tanlamagan holda hammaga yuqishi
va hammada bo'lishi mumkin.
Jinsiy aloqada prezervativni to'g'ri
ishlatishni bilish shart. Prezervativ
joylashgan qutini ochayotganda
o'tkir, kesuvchi asboblardan
foydalanish, uni taqayotgan
kishining tirnoqlarini uzun bo'lishi
vositani yirtilishiga yoki kesilishiga
sabab bo'lishi mumkin.
Mikrob nima?
Yer yuzida yashayotgan eng kichik
jonzotlar bo'lgan mikroblar bir necha
milliard yildan beri bor. Biroq
insonlar ularning borligini 1683 yilda
bildilar. Har xil linzalar yasash
hobbisi bo'lgan Gollandiyalik
tijoratchi Antony van Leeuwenhoek
bu linzalar bilan ishlayotganda juda
kichik jonzotlarning mavjudligini
aniqladi. Mikroblarning kasalliklarga
yo'l ochganini esa, undan 2 asr
keyin, XIX asrning ohirlarida bildilar.
Mikroblarning juda ko'p turlari bor.
Viruslar eng kichik mikroblar bo'lib,
bir hujayradan ham iborat emaslar.
Ular faqatgina genlardan
iboratdirlar.
Bakteriyalar
Bakteriyalar viruslardan ancha katta
mikrobdirlar. Agar bir virus inson
kattaligida bo'lganida edi, Bakteriya
N'yu-Y'orkdagi "Ozodlik Haykali"
kattaligida bo'lar edi. Ko'pincha
o'zlarini ustida yashayotgan
jonzotlar bilan oziqlanadilar.
Bakteriyalar 3,5 milliard yildan beri
mavjuddirlar.