G'amda birga,shod kunda ham kulishib, yarim nonni yesa birga,bo'lishib, biri quyosh biri oyday tolishib, Hasadni unutsa nima bo'larkan? Ey do'st,odam taftin odam olarkan. Oqibat deb chopchak o'qitishmasdan, bir-birini jarga yiqitishmasdan, pana joydan ko'zlab o'q otishmasdan, boshni boshga qo'ysa nima bo'larkan? Ey do'st,odam taftin odam olarkan. Qodiriyni quchib,maqtab,til yog'lab, sekin tutib berdik,qo'lini bog'lab, do'stdan topdim debon yotibdi yig'lab, bir-birimiz sotmasak nima bo'larkan? Ey do'st,odam taftin odam olarkan. Do'st deb,orqasidan qilib mashara, oldida go'zal deb,ortdan tasqara, ketsa-sog'inch chalib o'tli nog'ora, qadrsiz soyimiz qurib qolarkan. Ey do'st,odam taftin odam olarkan. Uzoq ketib,haqiqatni anglablar yetdim, hatto ga'nim deganini sog'inib o'tdim, ziyoratin qilmoqlikni niyatim etdim, shirin so'z-la dushman,do'sting bo'larkan. Ey do'st,odam taftin odam olarka
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев