Kechirasiz, sizga yangi
chiqqan oq va qora
ko’ylaklarimizni taklif
qilmoqchiman. Sotib oling,
zarar qilmaysiz.
– Yo’q, rahmat, shart
emas.
– Mana bu oq ko’ylakni
qarang, kiyib maza qilasiz.
– Kerak emas dedim sizga!
– Ammo bir o’ylab ko’ring.
– Agar yana bir marta shu
haqda gapirsangiz, zinadan
uloqtirib yuboraman.
– Bu ko’ylakni kiymabsiz,
bu dunyoga kelmabsiz...
Uy egasi ko’ylakfurushni
zinadan uloqtirib yubordi.
U beton ustiga uchib
tushib, ancha vaqt
harakatsiz yotdi. Keyin bir
amallab o’rnidan turdi va
yuzlarini artib, yana
zinadan ko’tarilib eshikni
taqillatdi.
– Oq ko’ylak bo’yicha
fikringiz tushunarli, endi
qora ko’ylak to’g’risida
gaplashsak...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев