Yigit va qiz mashinada ketib borishardi. Havo öta sovuq, kuchli qor yog'ardi. Shahardan qishloq tomon ketayotgan mashina tun chökishi bilan yölni yoritishga ojizlik qila boshladi. Aksiga olib bir hafta töxtamay yoqqan qor yölni qoplab olgandi. Manzilga yaqin qolganida mashina qiyaliklarning birida sirpanib ketadi va yöl chetidagi daraxtga borib uriladi. Yigit va qiz jarohatlanishmaydi. Faqat ular qolgan 7-8 km masofani qanday bosib ötish mumkinligi haqida öylashardi. Yaqin atrofda boshqa boshpana yöq. Bu chetki yöldan bunaqa havoda ötkinchi mashinalar ham ötmasdi. Avvaliga ular mashina ichida ötirib kutadilar. Lekin havo harorati -40 gradus atrofida sovuq edi. Sovuq asta-sekin ularni azoblay boshladi. Ustiga-ustak hadeganda najot uchqunlari körinavermasdi. Ular sovuqda kutish befoyda ekanligini tushundilar va qolgan yölni piyoda bosib ötishga qaror qildilar. Yarim tunga yaqin vaqtda yigit va qiz qorli yöl uzra oldinma-ketin ketib borisharkan, bir-necha daqiqa ichida oldindan urayotgan öta dahshatli izg'irin ta'sirida oyoq va qöllari butkul sovuqdan qotib qoladi. Bir soatcha yurishgach ularning tanalarida sovuq ta'sirida qon aylanishi ham sustlashib, holsizlana boshlaydilar. Xatto ular öz tanalarini sezmay qoladilar. Nihoyat qiz xushini yöqotadi.... Xushiga kelganida u qishloqda, issiq uylarning birida yotardi. Yigitni söragan qizga u 2 kun oldin vafot etganligini aytishadi. Ösha tunning ertasiga yöldan ötayotgan yuk mashinasi haydovchisi qor ustida chözilib yotgan odam tanasini köradi. Yaqin kelganida u yerda 2 kishi ekanligini payqaydi. Qor ustida yupqagina kiyingan yigit, uning köksiga bosh qöygan holda yigitning paltosiga örab qöyilgan qiz bexush yotardi. Ösha vaqtda yigitning yuragi muzlab urishdan töxtab bölgandi... Yigit paltosini yechib bexush qizni örayotganida özining ölishi mumkinligini bilardi. Bu ishni u qahramonlik uchun emas, shunchaki tabiiy bir harakat sifatida ongli ravishda bajargandi. Ehtimol ösha ongli harakatni insonlar sevgi deb atashar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев