Jondan sevib borimni tortiq qildim,
To'xtamay yugurib ming bor yiqildim,
Meni yo'qligim uchun baxtlidursan.
Yuragim urushdan to'xtab qolgudek,
Mu sevgim xaliyam misoli guldek,
Lekin sen uchun yurak oddiy quldek,
Meni yo'qligim uchun baxtlidursan.
Baxtinga ko'z tegmasin baxtli bo'l,
Seni unutishga sevgi qo'ymaydi yo'l,
Endi seni erkalar begona o'zga qo'l,
Meni yo'qligim uchun baxtlidursan.
Osmondan sen tomon qaray olsam bas,
Sen men uchun baxtli bo'lsang bas,
Ko'z yoshim yomg'ir ila kelar sas,
Meni yo'qligim uchun baxtlidursan.
Esingdami sayr qilgandik yomg'ir tagida,
Esingdami yurardik ko'mko'k dala qo'ynida,
Sen endi baxtlimisan o'zgani bag'rida,
Meni yo'qligim uchun balki baxtlidursan.
Baxtlimisan ayt eshitay so'ngi bor so'zing,
Ko'rolmasman xechqachon bu oxu ko'zing,
Kerak eding tanho yagona bir o'zing,
Meni yo'qligim uchun balki baxtlidursan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев