Bu tuyg'u ichra yuragim devona,
Ushalmagan orzular sevgida xayrona,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
Seni kelishingni bu yurak bilganday,
Yoring kelar deb go'yo aytganday,
Armonsiz qolasan u baxtli deganday,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
tagdirimdagi baxtli kunlar o'tib ketdi,
Men emas o'zga inson baxtinga yetdi,
Bu tagdir yuragim xo'rlab xor etdi,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
Sen kelding yonimga baxtliliging aytding,
Mendan rozi bo'ling, bo'ling baxtli deding,
O'shal payt yuragimdagi armonlarni olding,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
Seni ko'rdimu yuragim yana yig'ladi,
O'sha eski xotiralar bu jonimni qiynadi,
Endi yuragimda armondan iz qolmadi,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
Dunyoga inson kelar jufti bo'lar albat,
Berilgay menga yana sabr ila toqat,
Armon o'chdi yurakda ozu qatma-qat,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
Azobni yengaman sen baxtli bo'lsang,
Jonimni xam beraman sen baxtli bo'lsang,
Meni eslamay baxt iqbolga to'lsang,
Jonim chiqsin roziman axir sen baxtli.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев