so'zlaringni ,yolg'onlariga
uchib.
Endi sensiz qoldim kuyib,
hijronlarga bag'rim ochib.
Qo'llarimda surating kulib turar
men tomon.
Tunlar qarab yig'layman
armonim deya quchib.
Sochlaringni siypalardim,
kafting bosib bag'rimga.
Ko'zlaringga hech to'ymasdim
qaragandek baxtimga.
Isming ketmas yurakdan,
qalbda bitmas jaroxat.
Endi netay davolarni qaydan
topay dardimga.
Tonglar uyg'onarman jim izlab
yonimdan seni.
Savol berib o'zimga, mening
sevganim qani.
Tan olgim kelmaydi hech,
naxotki tashlab ketding.
Bu savollar kundan-kun
yemirib
borar meni.
Sevmasang nega meni
bunchalar sarson qilding
O'zgalar davlatidan, sevgimni
arzon bilding.
Nozlanishlar, kulishlar, naxot
endi begona.
Muxabbatimni toptab, sevgim
ustidan kulding.
Ko'z o'ngimdasan ketmaysan,
hayolimdasan hamon.
Men ham baxtim toparman, bir
kun albatta ishon.
Lekin hech unutmagim, senga
so'nggi so'zimni.
Sen befavo, zolimni,
kechirmahman hech qachon!
D U L
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев