Boqmabman bir bora begonalarcha. Dardimga sherikdir faqat qalamim. Sevsam sevibmanda devonalarcha.
Bilaman o`zingiz ko`kda to`lin oy Har kimda topilmas bundayin chiroy. Meni teng ko`rmaysiz SIZga hoynahoy. Sevsam sevibmanda devonalarcha.
Gulim nechun bugun qoldiz arazda. Lolaqizg`aldoq ham sizga havasda. Ismingiz takrorlab har bir nafasda. Sevsam sevibmanda devonalarcha.
Uyingiz osmonda yetmaydiqo`lim. Buncha taqdir azal bo`lmasa zolim. Yolg`iz bu dunyoda hamrohim o`lim. Sevsam sevibmanda devonalarcha.
Niyatim siz bilan surmoqlikdavron. Hech qachon hayotda ko`rmangiz armon. Faryodim sizgacha yetishi gumon. Sevsam sevibmanda devonalarcha.
Nargizim bog`imda gullagin mudom. O'ynagin,kuylagin, aylabon hirom. Ishqingda Majnunga aylandi INOM. Sevsam sevibmanda devonalarcha....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев