(Psixologik test)
Joylandi:24.07.2016, 20:13Sizdan qanday tadbirkor chiqadi?
1. Yaqin orada qanday qilib boyib ketishingiz mumkin deb o’ylaysiz?
a) yuqori lavozimga erishaman
b) Mablag’larimni katta foyda keltiradigan ishga sarflayman, tavakkal qilaman.
v) Baxtimni lotoreya o’ynab sinab ko’raman
2. Aktyor bo’lib, rol ijro etishni taklif qilishsa, qaysi rolni tanlagan bo’lardingiz?
a) Ostap Bender
b) Levin (Anna Karenina)
v) Shtirlis (Bahorning o’n yeti lahzasi)
3. Tasavvur qiling, o’n million so’m pulingiz bor, nima qilgan bo’lardingiz?
a) pullarimni banka qo’yaman va foizini olib yashayman.
b) yashi foyda beradigan ishga sarflashga harakat qilaman
v) mablag’imning bir qismini bankka qo’yaman, yarmini esa yaxshi foyda beradigan ishga sarflayman
4. Pul odamga nima berishi mumkin deb o’ylaysiz?
a) hokimiyatni
b) istaganingizcha yashashni
v) hasad vayangi tashvishlarni
5. Boyib ketsangiz, bu haqida gazetalarda yozishni hohlarmidingiz?
a) yo’q
b) ha
v) tez orada men haqimda yozib qolishadi
6. Quyidagi uch kasbdan qay biri sizga yaqinroq tuyuladi?
a) yozuvchi, bastakor, rassom
b) advokat, vrach, siyosatchi
v) firma boshlig’I, institute rektori, nashriyot direktori
7. Firma ochsangiz, ishga yaqin do’stlaringizni qabul qilasizmi?
a) ha
b) yo’q
v) yaxshilab o’ylab ko’rishim kerak
8. Ancha-muncha pul ishlab topdingiz, nima qilgan bo’lardingiz?
a) uy-joyimni, mashinamni, mebellarimni o’zgartirgan bo’lardim.
b) sayohat qilardim
v) yashash tarzimni tamoman o’zgartirardim
9. O”zingizni firma direktoriman deb tasavvur qiling. Ishni nimadan boshlar edingiz.
a) birga ishlaydigan odamlarni o’rganishdan
b) firma ishini asosiy yo’nalishini o’rhanishdan
v) ishonchli yordamchilarni ishga olishan
10. Firma direktori lavozimigacha ko’tarildingiz, quyidagilarning qay biri sizning ishingizga yaqinroq deb hisoblaysiz
a) ishimda kasbimga bog’liq jihatlar kamaydi, konseptual bo’limlarning ahamiyati kuchaydi
b) lavozim qancha yuqori bo’lsa, shuncha ko’p yangiliklardan (fan, texnika, madaniyat va h.k.) xabardor bo’lishim kerak
v) shaxsning barcha axloqiy xislatlariga talabim o’zgardi
11. Firma direktori sifatida mojaro yoki kelishmovchiliklarni qanday hal qilgan bo’lardingiz?
a) ikkala tarafning fikrlarini tinglab, eng ma’qul murosa yo’lini toppish mumkunligiga ishontirish kerak.
b) hammaning fikrini tinglab, qaror qabul qilishni bo’lim boshlig’iga qo’yib berish kerak
v) kelishmovchiliklar katta mojaroga aylanib ketishiga yo’q qo’ymaslik kerak
12. Qachon ko’p pulingiz bo’lishini istaysiz?
a) har doim
b) ba’zida
v) ko’p pul menga har doim shart emas
13. Agar yuz million pulingiz bo’lsa, qanday summaga bitim tuzgan bo’lardingiz?
a) 25 millionga
b) ellik millionga
v) hamasiga
Quyidagi jadvaldan ballaringizni jamlab va natijani o’qish
0-28 ball
Juda past natija. Siz tadbirkorlikdan ko’ra boshqa kasbni tanlasangiz yaxshiroq bo’lardi. Chunki tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun insonga mablag’ bilan bir qatorda qobiliyat ham kerak
29-59 ball
O’rtaja natija. Agar tadbirkorlik bilan shug’ullanishga astoydil bel bog’lagan bo’lsangiz, tinmay o’rganishingiz va izlanishingiz kerak. Sizda buning uchun uzoq uquv va malaka yetishmaydi. Qat’iyatingiz va mustahkam irodangiz esa bu borada sizga asqotishi mumkin.
60-78 ball
SIz aynan tadbirkorlik bilan shug’ulanish uchun yaratilgandeksiz. Hisob-kitob va reja asosida ishlashni yaxshi o’zlashtirib olgansiz. Bundan tashqari bozor talablarini ichki hissiyotingiz bilan sezasiz. Bu esa sizga kamdan-kam hollarda pand beradi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев