Hozir
darsdamiz…
Yonimda dunyodagi eng chiroyli
qiz o’tiribdi… Uning yuziga
qaragandan uyalib turibman…
Mening qanchalik sevishimni u
bilmaydi… U mening eng yaqin
insonim… Lekin, u meni
oddiygina do’st deb biladi…
Sababini bilmayman, lekin,
o’zimdan uyalib turibman… 10 -
Sinf. Uyda edim… Menga
qo’ng’iroq qilib yigiti bilan
urushib qolganini aytib, men
yonida bo’lishimni iltimos qildi…
Keyin yonimga keldi… Meni
quchoqlab rosa yig’ladi… Hozir u
yonimda… Tizzamga boshini
qo’yib uxlab qoldi… Sochlaridan
silab, go’zal yuzlariga to’yib-
to’yib boqmoqdaman… Men uni
sevaman… Lekin, u meni
oddiygina do’st deb biladi…
Sababini bilmayman, lekin,
o’zimdan uyalib turibman… 11 -
Sinf. Bitiruv kechasi… Ikkimiz
bolalikdan beri birga ulg’aydik…
Bitiruv kechasiga sherigimiz
bo’lmasa birga boramiz deb 8-
sinfda bir- birimizga so’z
bergan edik… Menga qo’ng’iroq
qildi va yigiti kasal bo’lib
qolganligini aytdi… Keyin, birga
boramizmi, deb so’radi… Rozi
bo’ldim… Uyiga borib bitiruv
kechasiga birga jo’nadik…
Bitiruv kechasidagi eng chiroyli
malika edi… Oppoq ko’ylagi
o’ziga shunday yarashgan ediki,
farishtaning o’zi bo’lib
qolgandi… Tun bo’yi raqsga
tushdik… Qo’llaridan ohista
ushlab, uni qattiq sevarimni
aytsammi, deb o’ylab
qo’yardim… Tongga yaqin uyiga
kuzatib qo’ydim…
Hayrlashayotib yuzimdan o’pib,
eng yaxshi do’st bo’lganimni
bildirdi… Uni chin dildan
sevaman… Lekin, u meni
oddiygina do’st deb bilsa, unga
sevishimni qanday aytaman…
Sababini bilmayman, lekin,
o’zimdan uyalib turibman…
Oradan yillar o’tdi… Hozir men
eng yaqin ko’rgan insonimni
qora tuproqqa uzatyapman…
Uning buyumlari orasidan yon
daftarcha chiqibdi, menga
berishdi… Qo’llarim qaltirab yon
daftarchani sekin varaqlay
boshladim… Sahifalarning birida
shunday satrlar bor edi… “…
Hozir darsdamiz… Yonimda
bo’lsa dunyodagi eng kelishgan
yigit o’tiribdi… Yuziga hech
to’ymayman… Uni qanchalik
sevarimni u bilmaydi… U meni
oddiygina do’st deb biladi…
Yigitim bor deb doimo u haqida
yolg’on bahonalarni aytib,
yonida bo’lishga harakat
qilyapman… Men uni jonimdan
ortiq ko’raman… Menga bir
marotaba, faqat bir marotaba
“SEVAMAN” deb aytganda… Bu
dunyoda mendan baxtli inson
yo’q edi…” Men bu satrlarni
o’qiyotganimda sevganimni
tuproqqa ko’mishdi… Chiday
olmay butun vujudim bilan
hayqirib yubordim… Ko’z
yoshimni hech to’xtata
olmasdim… Ko’zlarimni uning
yangi qo’yilgan qabridan uza
olmasdim…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев