Предыдущая публикация
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga
ko‘p uzoq bugun.
Hozircha
yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi
hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading
borim sevgimni.
Yuraging
sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor,
g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga
o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading.
Endi qadri osmon
bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk
armon bo‘laman.
Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda.
Kimdir yurib- yurib
tashlab ketganda.
Qalbingga
qadalgan paykon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев