Предыдущая публикация
Yomon yo'ldan sira yurmagan,
Ko'p qiynalgan davron surmagan,
Mehir berib mehir ko'rmagan,
Mehirga zor qalblar yig'lamang,
Qiynoqlardan bo'lib xayron lol,
Biror kimsa so'ramasa xol,
Bu dunyoga ko'zyoshlar uvvol,
Mehirga zor qalblar yig'lamang,
Charchaganda xayot dastidan,
Ota olmay baland pastidan,
Pand yeganda nomard do'stidan,
Mehirga zor qalblar yig'lamang,
Tushunmasa og'a iningiz,
Alamlarga to'lsa dilingiz,
Oqibatni izlab ko'nglingiz,
Mehirga zor qalblar yig'lamang,
Ichingizdan faryodlar toshib,
Armoningiz ketsa xam oshib,
Dardingizga yana dard qo'shib,
Mehirga zor qalblar yig'lamang.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев