Ona alla ayting bir zum uhlayin.
Charchadim dunyoning tashivshlaridan.
Bir lahza dam olay quchog'ingizda.
Töyib ketdim g'iybatchilar mishmishlaridan.
Ona alla ayting bir zum uhlayin.
Vujudim yonmoqda olovdek bölib.
Öchiring qalbimning gulhanin asta.
Yuragim ketmoqda bir muzdek erib.
Ona alla ayting bir zum uhlayin.
Og'riqlar kuchaymoqda kun ötgan sari.
Meni mehringizla davolang bir bor.
Uyg'onsam ötib ketsin dardlarning bari.
Ona alla ayting bir zum uhlayin.
Endi hazon böldi asragan gulim.
Bag'ringizga bosh qöyib töyib yig'lasam.
Zora bitib ketsa dil yaralarim.
Ona alla ayting bir zum uhlayin.
Bugun shirin jonimni tirnadi tikan.
Tuzlig'imga tupirdi nomardlik qilib.
Döst deb ishonganim dushmanim ekan.
Ona alla ayting bir zum uhlayin.
Muhabbat dardida qon böldi bag'rim.
Yor deya atalmish inson oldida.
Nahot sariq chaqalikcha bölmasa qadrim.
Ona alla ayting bir zum uhlayin.
G'am-u alamlarim tugasin bitsin.
Sözlaringiz yuragimga malhamdek bölib.
Uyg'onsam hammasi tush bölib chiqsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев