Sobit
AL-FIQH AL-AKBAR
Tavhidning poydevori va e'tiqod qilish
to'g'ri bo'lgan narsalar
Banda shubhasiz ishongach, unga Alloh taologa, Uning farishtalariga,
kitoblariga, payg'ambarlariga,
o'lgandan so'ng qayta tiriltirilishga,
yaxshilik ham, yomonlik ham Allohning
irodasi bilan bo'lishiga imon keltirdim,
Hisob, Mezon, Jannat va Do'zax hammasi hakdir, demoq vojib bo'ladi...
— Alloh birdir. Uning birligi son
jihatidan emas, balki sherigi yo'qligi,
tug'maganligi, tug'ilmaganligi, tengi
yo'qligi, maxluqlaridan biror narsaga
o'xshamasligi, unga maxluqlaridan biror narsaning o'xshamasligi
jihatidandir.
— Alloh ismlari, zotiy va fe'liy sifatlari
bilan hamisha bo'lgan va bo'ladi.
Tiriklik, qodirlik, bilish, so'zlashish,
eshitish, ko'rish, xohlash Alloxning zotiy sifatlaridir. Yaratish, rizq berish, paydo
qilish, vujudga keltirish kabilar
Allohning fe'liy sifatlaridir. Alloh o'z ismi
va sifatlari bilan bo'lgan va bo'ladi.
Allohning birorta ism sifati yangi paydo
bo'lmagan. — Alloh o'z ilmi bilan doimo olim, ilm
Uning azaliy sifatidir, U o'z qudrati bilan
doimo qodirdir, qodirlik Uning azaliy
sifatidir. U o'z yaratuvchiligi bilan
doimo yaratuvchi, yaratish Uning azaliy
sifatidir. U o'z fe'li bilan doimo fo'iddir, fe'l Uning azaliy sifatidir. Fo'il Alloh
taolodir, maf'ul maxluqdir. Allohning
fe'li maxluq emas. Allohning sifatlari
azalda qadimiydir, maxluq emasdir.Kim
Allohning sifatlarini maxluq yoki
yangidan paydo bo'lgan desa yoki u betaraf bo'lsa yoki Allohning sifatlariga
shubhalansa, u Allohni inkor etgan
kofirdir.
— Qur'on mushaflarda bitilgan,
qalblarda yodlangan, tillarda o'qilgan
va Payg'ambarimizga, sollallohu alayhi vasallam, nozil qilingan. Qur'onni
talafuz qilishimiz, uni yozishimiz va
o'qishimiz maxlukdir. Qur'on maxluq
emas. Alloh taolo Qur'onda Muso va
undan boshqa payg'ambarlar to'g'risida
hamda Fir'avn va ib-lis haqida aytganlari barchasi Allohning ular
haqida bildirgan kalomidir. Muso,
alayhis-salom, va undai boshqa
maxluqlarning so'zlari ham maxlukdir.
Qur'on Alloh taoloning kalomidir,
ularning kalomi emasdir. Alloh taolo: "Alloh Musoga gapirdi..." deb bayon
qilganidan, Muso, alayhissalom, Alloh
taoloning kalomini eshitdi. Alloh
Musoga, alayhissalom, gapirishdan oldin
ham azalda so'zlaguvchidir.
Maxluqotlarni yaratishdan ol-din ham azalda yaratguvchidir.
— Alloh Musoga, alayhissalom,
so'zlashni iroda etganida unga o'zining
azaliy so'zlash sifati bilan so'zladi.
Allohning hamma sifatlari
maxluqlarning sifatiga o'xshamaydi. Alloh taolo biladi. Bilishi bizning
bilishimizga o'xshamaydi. Alloh taolo
Qodirdir. Qudrati bizning qudratimizga
o'xshamaydi. Alloh taolo ko'radi.
Ko'rishi bizning ko'rishimizga
o'xshamaydi. Alloh taolo eshitadi. Eshitishi bizning eshitishimiz-ga
o'xshamaydi. Alloh taolo so'zlaydi.
So'zlashi bizning so'zlashimizga
o'xshamaydi. Biz vositalar (a'zolar) va
tovushlar yordamida so'zlaymiz. Alloh
taolo bevosita va tovushlarsiz so'zlaydi. Tovushlar maxluqdir. Allohning kalomi
maxluq emas. Alloh mavjuddir.
Mavjudligi maxluqlarning mavjudligi
kabi jism, javhar, araz (alomat) bilan
emasdir.
Uning ziddi va tengi va o'xshashi yo'qdir. Alloh Qur'onda zikr qilganidek,
Uning tasavvursiz yadi, yuzi va nafsi
bor. Allohning yadi qudratidir yoki
ne'matidir deyilmaydi. Zero, bunday
aytish sifatni yo'q qilishdir, qadariylar
va mo''taziliylar so'zidir. Yadi Uning tasavvursiz sifatidir. Allohning g'azabi
va rizosi Allohning, tasavvuri yo'q
sifatlaridan ikkitasidir.
— Alloh taolo narsalarni yo'qdan
yaratdi. U narsalarni ular bo'lmasidan
azalda bilguvchidir. Narsalarning holatini tayin etib hukm qilguvchi Udir.
Bu dunyoda qam, oxiratda ham hech
narsa Allohning xohishidan, ilmidan,
qazoyu qadaridan, Lavhul Mahfuzga
bitganidan tashqari bo'lmaydi. Lavhul
Mahfuzga bayon etib bittandir. Hukm etib bitgan emasdir. Qazo, qadar, xohish
Allohning azaliy, tasavvuri yo'q
sifatlaridir.
— Alloh yo'qning yo'qlik holatida
qandayligini va uni yaratsa qanday
bo'lishini biladi. Alloh mavjudning vujudlik holatida qandayligini va uning
yo'qligi qanday bo'lishini biladi. Alloh
taolo bilishi o'zgarmay yo bilishi yangi
bo'lmay turganni turgan holida
qandayligini, agar u o'tirsa, o'tirgan
holida qanday bo'lishini biladi. O'zgarish va holatdagi har xillik maxluqlarda yuz
beradi.
— Alloh maxluqlarni kufrdan va
imondan xoli yaratdi. So'ng ularga
rasullari orqali xitob qildi, imon va
toatga buyurdi, kufr va gunohdan qaytardi.
So'ng kofir bo'lgan o'z fe'li, inkori,
o'jarligi bilan va Alloh. taoloning unga
madadi bo'lmaganidan kofir bo'ladi,
mo'min bo'lgan o'z fe'li, iqrori, tasdig'i,
Alloh taoloning unga tavfiqi va madadi bilan mo'min bo'ladi.
Alloh Odam zurriyotini uning pushtidan
zarralardek qilib chiqarib, akdli qildi,
ularni imonga buyurdi, kufrdan
qaytardi. Ular Allohning rububiyatiga
iqror bo'ldilar. Bu ularning imonidir. Ular mana shu sifatda tug'iladilar.
— So'ng kofir bo'lgan fitriy imonini
kufrga almashtiradi va o'zgartiradi.
Mo'min imonda sobit qolib, unda
davom etadi. Alloh hech bir maxluqni
kufrga va imonga majbur etmadi va ularni mo'min qilib ham, kofir qilib ham
yaratmadi, ularni kufr va imonga
qobiliyatli shaxslar qilib yaratdi. Imon
va kufr bandalarning fe'llaridir. Alloh
taolo kofir bo'lgan kimsani kufri holida
qandayligini, agar u so'ng imon keltirsa, imoni holida qanday mo'minligini biladi
va yaxshi ko'radi.
— Bandalarning hamma harakat va
turish fe'llari haqiqatda ularning
kasbidir. Ularning yaratuvchisi Alloh
taolodir. Ularning hammasi Allohning xohishi, ilmi va qazoyu qadari bilan
sodir bo'ladi. Toatlarning hammasi
Allohning amri, muhabbati, roziligi, ilmi
va qazoyu qadari bilan ro'y beradi.
Gunohlarning hammasi Allohning ilmi,
qazoyu qadari va xohishi bilan voqe' bo'ladi, ammo Allohning amri, roziligi
va muhabbati bilan bo'lmaydi. Hamma
payg'ambarlar, alayhimussalotu va
sallam, katta va kichik gunohlardan va
kufrdan asralgandirlar. Goho ularning
ba'zilaridan yanglishishlar sodir bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad, sollallohu
alayhi va sallam, Allohning habibi, xos
bandasi, rasuli, payg'ambari,
tanlag'anidir. Butga sig'inmaganlar,
Alloq taologa aslo shirk keltirmaganlar,
kichik va katta gunohni hech qilmaganlar.
— Payg'ambarlardan, alayhimussaloml
ar, keyin odamlarning eng afzali Abu
Bakr Siddiq, so'ngra Umar ibn al-Xattob
al-Foruq, so'ngra Usmon ibn Affon
Zinnurayn, so'ngra Ali ibn Abu Tolibdirlar. Ularning hammasidan Alloh
rozi bo'lsin. Ular Haq bilan bo'lib, haqda
o'tganlar. Ularning barchalarini do'st
tutamiz. Payg'ambarimiz sahobalaridan
har birlarini faqat yaxshilik bilan yodga
olamiz. Biror musulmonni qilgan gunohi uchun, garchi u katta gunoh qilgan
bo'lsa qam, uni halol hisoblamasa,
kofirga chiqarmaymiz, undan imon
nomini olib tashlamaymiz va uni
haqiqatda mo'min deb ataymiz. Kishi
kofir bo'lmay fosiq mo'min bo'lishi mumkin.
— Maqsiga mash tortish sunnat bilan
sobitdir. Ramazon oyida taroveh
namozini o'qish sunnatdir. Solih va solih
bo'lmagan mo'minlarning ortida namoz
o'qish joizdir. Biz mo'minga gunohlar zarar qilmaydi va u do'zaxga kirmaydi,
dunyodan mo'min holda ketsa, agar u
fosiq bo'lsa ham, do'zaxda abadiy
qoladi, demaymiz. Biz, murjialar kabi,
albatta yaxshi ishlarimiz maqbul va
yomon ishlarimiz mag'fur demaymiz. — Alloh taolo dunyodan imon bilan
o'tganning yaxshiliklarini, shartlariga
binoan va buzuvchi ayblardan xoli qilib,
kufr va dindan qaytish bilan yo'qqa
chiqarmagan bo'lsa, zoe qilmaydi. Balki
qabul qiladi va unga ajr beradi. Shirk va kufrdan boshqa gunoh qilib tavba
qilmay, imon bilan o'tgan kishi
Allohning xohishida, agar istasa, uni
do'zax bilan azoblaydi va xohlasa, uni
afv qiladi va do'zax bilan abadiy
azoblamaydi, deymiz. Biror ishda riyo bo'lsa, ajrini yo'q qiladi. Shuningdek,
g'ururlanish ham.
— Payg'ambarlar mo''jizalari,
avliyolarning karomatlari haqdir. Ammo
Allohning dushmanlari — Iblis, Fir'avn,
Dajjol kabilarda bo'lgan va bo'ladigan mo'jiza va odatdan tashqari ishlarni
karomat ham deb atamaymiz. Bularni
biz ularning hojatlarini chiqarish deb
ataymiz. Chunki Alloh dushmanlarini
dunyoda g'ururda, oxiratda azobda
qolishi uchun hojatlarini ravo qiladi. Ular bu bilan mag'rurlanib, kufru
tug'yonda haddan oshib ketadilar. Bu
mumkindir.
— Alloh maxluqlarni yaratmasidan
ilgari qam yaratuvchi va ularga rizq
bermasdan oldin ham rizq beruvchi zotdir. Alloh taolo oxiratda ko'rinadi.
Uni mo'minlar Jannatda o'z ko'zlari
bilan o'xshashsiz, tasavvursiz, o'rtada
masofasiz ko'radilar.
— Imon iqror va tasdiqdir. Yeru osmon
ahlining imoni ozaymaydi ham, ko'paymaydi ham. Mo'minlar imonda
va tavhidda tengdirlar, amallarda esa
ular bir-birlaridan ortiqdirlar.
Islom taslim bo'lmoq va Allohning
buyruqlariga bo'yinsunmoqdir. «Imon»
va «Islom» so'zlarida lug'aviy ma'no jihatidan farq mavjud bo'lsa-da,
imonsiz Islom bo'lmaganidek, Islomsiz
imon ham bo'lmaydi. Ularning ikkalasi
bel bilan qorindek. Din imon, Islom va
ahkomlarning hammasining nomidir.
— Biz Alloh taoloni, Kitobida zotini vasf qilganidek, hamma sifatlari bilan
haqiqiy taniymiz. Hech kim Allohga U
loyiq bo'lgan haqiqiy qullikni ado
etolmaydi. Ammo Uning amri bilan, U
buyurganiday Unga qullik qiladi.
Mo'minlarning barchalari Allohni tanishda, ishonishda, Unga suyanishda,
Uni sevishda, Undan rozi bo'lishda,
Undan qo'rqishda, Undan umidvor
bo'lishda va imonda bir-birlari bilan
tengdirlar. Ammo ular bir-birlaridan
amalda farq qiladilar. — Alloh bandalariga fazlu karam
qiluvchi va adolatli zotdir. U fazl aylab,
bandaga u loyiq bo'lganidan bir necha
barobar ziyoda savob beradi. U adl
aylab, bandaga gunohi uchun azob
beradi va fazl aylab, uning gunohini afv qiladi.
— Payg'ambarlarning, alayhimussalom,
shariatlari haqdir va Payg'ambarimizn
ing, alayhissalom, gunohkor va azobu
uqubatga loyiq bo'lgan, gunohi kabira
qilgan mo'min bandalarni shafoat qilishlari haqdir.
— Qiyomat kuni tarozida amallarning
tortilishi haqdir. Payg'ambarimizning,
sollallohu alayhi va sallam, jannatda
hovuzlari borligi haqdir. Qiyomat kuni
xusumatchilar o'rtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari
hakdir. Agar ularning yaxshi amallari
bo'lmasa, mazlumlarning yomon
amallari zolimlarga ortilishi haq va
joizdir.
— Jannat va do'zax hozir yaratib qo'yilgandir, ular abadiy yo'q
bo'lmaydilar. Hurlar ham abadiy
o'lmaydilar. Allohning iqobi va ajri yo'q
bo'lmaydi, ular abadiydir. Alloh istagan
bandasini fazl aylab, hidoyatga soladi.
Istagan bandasini adl aylab, izlol etadi. Alloh taoloning izloli xizloniydir.
Xizlonning tafsiri — O'zi rozi bo'ladigan
amallarga bandani moyil qilmasligidir.
Bu Allohning adlidir. Shuningdek, moyil
qilinmaganni gunoh uchun jazolash
ham adolatdir. Biz, shayton mo'min bandaning imonini zo'rlab, qahr qilib
tortib oladi, demaymiz. Balki biz, banda
oldin imonini tark etadi, ana shu vaqtda
shay-ton undan imonini tortib oladi,
deymiz.
— Qabrda Munkar va Nakir nomli farishtalar savollarining bo'lishi haqdir.
Qabrda bandaga uning ruhi qaytarilishi
haqdir. Qabrning qisishi haqdir. Qabrda
hamma kofirlarga va ba'zi bir osiy
musulmonlarga azob bor va bu haqdir.
— Alloh taoloning yad sifatidan boshqa mutashobih hamma sifatlarini
arabchadan
boshqa tilda ulamolar aytganlaridek
aytish joizdir. Yad sifatini boshqa tilga
tarjima qilib aytish mumkin emasdir.
Undan boshqa mutashobih sifatlarini «o'xshashsiz» va «tasavvursiz» so'zlari
bilan qo'shib, masalan: «O'xshashsiz va
tasavvursiz Parvardigorning yuzi
uchun», deb aytmoq joizdir.
— Allohning yaqinligi va uzoqligi
masofaning uzoq va qisqaligi jihatidan ham, fazilat va haqorat ma'nosida ham
emasdir. Balki itoatgo'y Allohga
tasavvursiz yaqin va gunohkor- osiy
Undan tasavvursiz yiroq degan
ma'nodadir. Yaqinlik, uzoqlik, yuzlanish
yolboruvchiga nisbatan qo'llaniladi. Shuningdek, bandaning jannatda Unga
yaqinligi va huzurida turishi
tasavvursizdir.
— Qur'on Payg'ambarimizga,
sollallohualayhi va sallam, nozil
etilgandir. U mushaflarda bitilgandir. Qur'on oyatlarining barchasi Allohning
kalomi bo'lganidan fazilatda va
ulug'liqda tengdirlar. Ammo ba'zi
oyatlarida ham zikr fazilati, ham zikr
qilinganning fazilati bor. Bunga misol,
Oyatul Kursiydir. Unda Allohning ulug'ligi, buyukligi va sifatlari zikr
qilingandir. Demak, mazkur oyatda ikki
fazilat jam' bo'lgan, ya'ni, zikr fazilati va
zikr qilinganning fazilati. Ammo ba'zi
oyatlarda faqat zikr fazilati bor.
Kofirlarning qissalari bayon qilingan oyatlar bunga misoldir. Unda zikr
qilinganning — kofirlarning fazilati
yo'qdir. Shuningdek, Allohning ismlari
va sifatlari ulug'lik va fazilatda tengdir,
ular orasida tafovut yo'qdir.
— Payg'ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ota-onalari kufrda
vafot etgan emaslar. U zotning
amakilari Abu Tolib kofirlikda bu
dunyodan o'tgan. Qosim, Tohir va
Ibrohim, Alloh ulardan rozi bo'lsin,
Payg'ambarimizning, alayhissalom, o'g'illaridir. Fotima, Ruqiya, Ummu
Gulsum va Zaynablar Payg'ambarimizn
ing qizlaridirlar.
— Agar mo'min kishiga Tavhid ilmining
nozik masalalaridan birortasi
tushunarsiz bo'lsa, shu zahoti bir olimni topib undan so'rab bilishi zarur. Bunga
qadar, Alloh oldida qanday to'g'ri bo'lsa,
shunday e'tiqod qildim, demog'i
lozimdir. Unga bu holda so'rashni
kechiktirish mumkin emas. Uni bilmay
turishi uzr bo'lmaydi. Agar tavhid ilmining tushunmagan masalasini
o'rganishga harakat qilmasa, kofir
bo'ladi.
— Me'roj to'g'risidagi xabar haqdir. Kim
uni rad etsa, ahli sunna val jamoadan
ajralgan va adashgan bo'ladi. — Dajjolning va Yajuj-Majujning
chiqishi, quyoshning g'arbdan tulu'
qilishi, Isoning, alayhissalom, osmondan
tushishi va Qiyomatning sahih
hadislarda vorid bo'lgan boshqa
alomatlari haqdir, sodir bo'lajakdir. Alloh istagan bandasini to'g'ri yo'lga
soladi.
Hamd olamlarning Parvardigori
Allohgadir. Xojamiz Muhammadga,
sollallohu alayhi va sallam, va uning
barcha avlodlariyu sahoba-lariga durudu salomlar bo'lsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев