moziy.
Qanday ko‘rgiliklar guvohi deysiz.
Gadodan shohgacha jon
talvasasi,
Donishmand bobom-a, nega
o‘ylaysiz!
Jon shirin...
Xudoning yo‘liga egilmas boshda,
Bandaning poyiga yotganlar
qancha.
Kimlar olov kechsa, yovga xilvatda
Tug‘ilgan yerini sotganlar
qancha.
Jon shirin...
Dunyoni netamiz, qo‘ying
birodar,
Mol-dunyo bo‘lmasin, omon jon
bo‘lsin
Va ofat bo‘lmasin, u bo‘lsa agar
Vatan deyapmiz-ku... ( Xudo
asrasin!)
Jon shirin...
Otajon, bilaman zahmatlaringiz,
Ona kuningizni ko‘rib turibman.
Yo‘limni yoritdi mehnatlaringiz,
Men esa beparvo bo‘lib
yuribman...
Jon shirin...
Hozir jonlarini qilishar va’da,
Aytgan shartlaringga ko‘nishar
bir-bir...
Yaxshi qiz, yettinchi
osmoningdan tush,
Tushungan qizsan-ku, o‘zing...
Baribir
Jon shirin..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев