Предыдущая публикация
g'amgin so'zlarim,
Zulmatdan quvonchning tongin
yasayman
Hayotni menchalik sevgan
bormikan,
Men faqat she'rimda g'amgin
yashayman.
Har joydan ezgulik izlab
topaman,
Orzuning ortidan tinmay
chopaman,
Ko'nglim ko'targanning izin
o'paman,
Men faqat she'rimda g'amgin
yashayman.
Yurakka begona qayg'u - alamlar,
Meni egolmaydi aslo sitamlar,
Hech kim kulolmaydi menday,
odamlar,
Men faqat she'rimda g'amgin
yashayman.
Menga azob bering, yig'lagan
nomard,
Xushchaqchaq dilimga
yuqtirmayman gard,
Kulib qarshi olgum, kelganda
ham dard.
Men faqat she'rimda g'amgin
yashayman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев