Предыдущая публикация
Men hech kimni axtarmadim do‘stdan boshqa, Izim to‘lib boraverdi ta’na, toshga. Ne savdolar tushmadi-ya sho‘rlik boshga, Boshimdagi yoriqlarim qadrdondir. Muhabbatni ermak bildim, yoronlarim, Qancha dilni vayron etdi yolg‘onlarim. Endi bo‘lsa iztirobu armonlarim, Ko‘ksimdagi og‘riqlarim qadrdondir. Ot aylanib qozig‘ini topar bu kun, Men o‘zimga keldim mana — ko‘rkam, durkun. Topgan obro‘, davlatlarim bari bir pul— Qirq yamoq chorig‘larim qadrdondir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев