Hammasi risoladagidek:
uchrashuv, sovchilar, keyin esa
töy. Birga yashay boshlaganlarida
esa ular turmush aslida juda
murakkab ekanligini tushundilar.
Ha, ular qachonlardir orzu qilgan
tökis baxtga erishish uchun
qanaqadir maishiy muammolar,
ikir-chikir masalalaru behuda
gap-sözlar halal berardi göyo.
Bular bahslarga, bahslar
tortishuvlarga, tortishuvlar esa
janjallarga sabab bölardi. Qiz
ham, yigit ham bir-birlarini chin
dildan sevishardi hamon, lekin
ularning özaro sevgisi ham bu
kabi bahslarning oldini olishga
ojiz qolardi ba'zida. Navbatdagi
tortishuvlarning birida qiz yigitga
e'tiroz bildirdi: "Qanaqa odamsiz
özi? Töyimizga shuncha vaqt
böldi, bir marta bölsin, sayrga
chiqmadik birga. Uyda
bölganizda ham doim
janjallashamiz. Uyga men uchun
hech qursa bir dona gul kötarib
kelmadingiz. Bugun ham yarim
soat vaqtizni mendan aziz
köryapsiz". "Sen doim özingni
birinchi öringa qöyasan. Baribir
meni tushunmaysan". Shunday
deb eshikni jahl b-n yopib chiqib
ketdi. U ketgach qiz yig'lab
yubordi: "Töyimizga bir yil böldi,
u unutibdi,-biroz ötgach
tinchlandi va özicha qöshib
qöydi,- baribir sizni yaxshi
köraman". Bayramona taomlar
tayyorlash u-n oshxonaga
shoshildi. Yigit ham uydan
chiqarkan dilxiralikdan xafa böldi.
"Bugun töyimizga 1 yil böldi, bu
esa ertalabdan..." U ishdan
ertaroq chiqib sovg'a oldi. Gul
dökoni oldidan ötayotib, ertalabki
tanbeh yodiga tushdi va jilmayib
qöydi. Eng chiroyli guldastani
xarid qildi. Gulga mehr b-n tikilib
u ham hayolidan ötkazdi: "Baribir
seni sevaman!" Yigit shu hayolda
köchadan ötarkan, röraradan
katta tezlikda u tomon kelayotgan
mashinani ilg'amay qoldi...
Qöng'iroq ovozidan eshikni
ochgan qiz militsionerlarni körib
hayron qoldi. Ular bölganlarni
qizga ehtiyotkorona yetkazishdi.
Har ehtimolga qarshi shaxsini
tasdiqlash u-n unga fotosurat
berishdi. Qiz tinmay yig'lardi. Ha,
suratda uning eri. Yerda... jonsiz
holda... Uning köz yoshlari
fotosuratda yigit mahkam
quchoqlab olgan guldasta yuziga
tomchilardi....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев