Hurpaygan quloqlar, ogriq panjalar.
Osilgan dum, mahzun edi nigohlar,
Uning dardini kim ham eshitar........
Atrofda odamlar unga beparvo.
Hech bir zot chiqarmas muloyim sado,
Gohida tayoqlar oqtalib qolar.
U qorqib qochishga muvaffaq bo'lar.
Gamgin o'ylanadi: "Juda hunukman.
Kim menday pahmoqni uyga olardi?
Yo'l chetida shu hayol bilan turardI
To'satdan to'xtadi roparasida
Qandaydir bahaybat bir juft etiklar.
Jonini xovuchlab ko'zlarin yumdi,
INSON esa egilib unga shunday dedi:
“Buncha ham chiroyli ekan bu jonivor!
Quloqlar, nigohlar buncha jozibador!
Men bilan ketsang gar hursand bolardim.
Malika va saroylar va'da bermasdimu
Lekin sut va gosht doim topardim."
Jonivorga uzatdi kattakon kaftin.
Mushuk sezdi unung iliq bir taftin.
Bagriga bosarkan paxmoq dostini,
Qaydandir qoliga tomchiladi yosh,
Osmonda jilmayib charaqlar Quyosh
Lekin bu aslo yomgir emasdi.
Mushuk kozlaridan edi u tomchi
Baxtdan ichiga sigmay quvonchi.
Ko'z yoshi jimirlar misli marvarid.
Nega zotlisin qilarkan xarid?
Nechun dabdabalar tusarkan kongil?
Dunyolar, matahlar bari otkinchi axir...
Naxot topa olmasak bir parcha mehr...
Naxot topa olmasak bir parcha mehr...
Khazina Makhmud
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=54963826589721&_prevCmd=userAltGroups&tkn=1662&_aid=groupOwnShowcase pliz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев