Hikoya qilinishicha, bir kishi quronni yodlay olmasada, takrorlab o`qiyverar ekan .
Kunlarning birida kichik o`g`li unga:
____"Otajon, uni yodlay olmaganingizdan keyin, o`qiyverganingizdan nima foyda?!.." -deya savolga tutdi. Otasi:
____"O`g`lim, agar mana bu ko`mir tashish uchun moslangan savatga suv to`ldirib olib kelsang aytib beraman" -dedi.
____"To`ldirish mumkin emas-ku?!.." -dedi o`g`il. "Sen harakat qilib ko`r" -dedi otaxon.
O`g`il savatni anhorga botirib suv oldi-da, otasining oldiga tez olib borishga harakat qilib yugurdi. Lekin u etib kelgunicha savatcha bo`shab qoldi. "Foydasi yo`q" -dedi ugil.
____"Sen yana harakat qilib ko`rgin" -dedi otaxon.
Ugil gap kaytarishni istamadi,ammo ishonmasada,kizikib ikkinchi, uch, to`rt va beshinchi bor harakat qildi. Lekin, suvni etkazib kela olmasdan horiqib:
____"Buni to`ldirib kelishlik umuman mumkin emas" -dedi.
____"Savatda biron o`zgarish sezdingmi?" -deb so`radi otasi.O`g`il shunda payqab:
____"Ha, otajon. Savat ko`mirning tasiridan qop-qora edi, hozir esa suv sababli top-toza bo`lib qoldi" -deb javob qildi.Shunda ota:
____"Ha, o`g`lim. Huddi shunday.
Hayot-dunyo ishlari ham qalbimizni ko`mir kabi qoraytirib yuboradi. Quron esa xuddi shu anhor suvidek-yodlay olmasangda, o`qiyverishlik - uni tozalab, yuvib turadi" - dedi...
Kalblarni tozalang,iymonda buling azizlar!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев