oila yashardi. Er-xotin va 8 yoshli
bolakay. Ota-ona kun böyi ishda,
bolakay esa uyda yolg'iz o'tirardi. Bola
har kuni soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib yurgan
tengdoshlariga xavas bilan qarab
o'tirardi. ўтирарди. U ham özining
shunaqa velosipedi bölishini orzu qilardi.
Lekin oilada bu orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va hattoki
bolaning orzusini eshitadigan kishi ham
yöq edi. Bolakay oilasini velosiped sotib
olish bilan qiynab qöyishini anglar, lekin
uning bu orzusi juda kuchli edi. Bir kuni u
onasining "Xudo mehribon, chin dildan
nimaiki sörasang albatta beradi" degan
sözlarini esladi. Qog'oz, ruchka olib,
qog'ozlarni yuzlab, minglab bölaklarga
böldi va har bir qog'oz parchasiga: "Ey
Хudoyim, menga velosiped ber" deb
yozib chiqdi. Bolakay o'zining chin
qalbdan tilagan orzusi yozilgan qog'oz
parchalarini oltinchi qavat derazasidan
bir-bir tashqariga socha boshladi. U
"Хudoga qog'ozlarimning biri bölmasa
biri albatta yetib boradi va Xudoning
menga rahmi kelib menga velosiped
yuboradi" deb qalbdan ishonardi. Kunlar
o'tib borar, bola har kuni qog'ozchalarni
derazadan sochardi. Uning hayoli faqat
shu ishda bölib qolgandi. Qog'ozlar
tugasa yangisiga yozishni boshlardi,
darslik daftarlargacha sarf qildi.
Bolakay boshqa hamma narsani unutib,
telbalarcha qog'ozlarni yirtar, yozar va
derazadan uloqtirardi. Bazan
qog'ozlarga ruchka siyohiga
bolakayning qop-qora ko'zlaridan
tomchilayotgan yoshlar qo'shilib
ketardi. Kunlar o'taverardi, bolakay har
kuni tongda "Bugun Xudoga qog'ozim
yetib boradi" degan umid bilan yangi
ruhda ishini boshlardi. Va nihoyat bir
kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45
yoshlardagi chiroyli kiyingan bir erkak
kishi qölida bola chin dildan erishishni
istagan, har kuni tushida körib
chiqadigan velosiped bilan turardi.
Kishining ko'zlarida allaqanday mungli
jilmayish zohir edi. U yengil xo'rsinib
velosipedni bolaga uzatdi. "Qog'ozing
Xudoga yetib bordi, o'g'lim, bu senga,
maza qilib min..." Bolakay nima
deyishini bilmasdi. Kishi zina tomon
yurib ketarkan ortiga o'girildi, uning
yuziga bir tomchi yosh dumaladi. U
bolakayga yuzlandi: "Endi Xudodan, bir
martagina shu velosipedni olib kelgan
amakiga ham farzand ber deb so'ragin,
xöpmi..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев