Bu voqeani falastinlik bir yigit gapirib berar ekan "Kim meni yozgan hatimni o'qir ekan, boshqalarga ham yetkazishni iltimos qilardim" qeydi.
Otamning vafotlariga 19 yil bo'ldi. Uylanganimga ham 19 yil bo'ldi. Onam bizdan alohida turadilar.
Bir kuni ayolim menga;
-Men sizni juda qattiq yahshi ko'raman. Meni hilma hil joylarga olib boryapsiz, aytgan narsalarimni olib beryapsiz. Bu qilgan yahshiliklaringizdan Alloh rozi bo'lsin. Lekin yana bitta ayol borki, mendanda ko'proq sizni yahshi ko'radi. Men hohlardimki haftada bir marta bo'lsa ham u ayolni ko'nglini olsangiz,-dedi.
Hozirgi zamonda bunday gaplarni eshitgan odamga darrov ikkinchi hotin hayoliga keladi. Go'yoki bu katta musibatday. Men ham shu hayolga kelib;
-Nimalar deyapsan? Allohga qasamki sendan boshqa ayolim yo'q,- dedim.
-Sevgilim, bu sizni onangiz,-dedi ayolim.
Shunda men 19 yildan beri onam bilan hech bo'lmasa bir soat ham gaplashib o'tirmaganim yodimga tushdi. Har safar onamni odilariga borsam, tez-tez holilaridan habar olardim va chiqib ketardim. Shu yo'sinda 19 yil yashadik. Alohida onam va alohida biz. Haqiqatda onamga bee'tibor ekanligimni bilgach ularga telefon qilib ertaga restoranga olib borishimni aytdim. Onam bu gaplarimni eshitib qo'rqib ketdilar. Hatto meni aqldan ozib qoldi shakilik deb o'yladilar. Men aqldan o'zmaganligimni, sog'- salomat ekanligimni onamga tushuntirib, ertaga tayyor turishlarini eslatib hayirlashdim.
Ertasi kuni kelishilgan vaqtda men onamni olib ketish uchun keldim. Onam meni oyna oldida intizor bo'lib kutar edilar. Ustilaridagi ko'ylak shunaqangi chiroylik ediki, o'zlariga juda yarashib turardi. Bu ko'ylakni ko'rmaganimga ham 19 yil bo'lgan ekan. Meni ko'rishlari bilanoq ko'chaga yugurib chiqdilar. Mashinamga o'tirar ekanlar;
-O'glim, bugun kelishinga ishonmagan edim. Ishxonamdagilarga seni kelishingni va meni restoranga olib borishingni aytganimda, ular "Ey Fotima! Hozir zamon unday emas. U davrlar o'tib ketgan. Seni o'g'ling ham bir gapirganda" deyishdi.-dedilar... .
Biz restoranga bordik. Buyurtma berga stolga o'tirib qo'limga menyuni oldim. Chunki onamni ko'zlari yillar davomida yahshi ko'rmay qolgan va o'qiy olmas edi.
-Onajon, meni bir chekadan o'qiyman, siz esa ko'nglingiz tusaganini tanlang,-deb menyuni o'qiy boshladim. Lekin negadir onam gapirmas, allanimalarni o'ylar edilar. Nahotki hech narsa yegilari yo'q.
-Onajon, nega jimsiz? Tanlamaysizmi?
-Bilasanmi o'g'lim? Seni yoshlik paytingda men ham seni huddi shu restoranga olib kelardim va aynan shu stolda o'tirar edik. O'qishni bilmaganing uchun men o'qib berardim, sen esa o'zing hohlagan taomlarni tanlar eding. Men ham tanlaganingni sen bilan birga yer edim.
-Ko'rdingizmi onajon! Dunyo qaytimlik. Ekkan hosilingizni o'ryapsiz, -deb, huddi onamni har kuni parvarish qiladiganday g'urur bilan gapirdim. Vaholanki onam meni har kuni parvarish qilgan edilar...
Mazza qilib birga o'tirdik, taomlandik, dildan suhbat qildik.
Uyga qaytar ekanmiz onam menga;
-Rahmat senga o'g'lim. Meni ko'p hursand qilding. Alloh sendan rozi bo'lsin. Bunday kechalarni men 19 yildan beri (otangni vafotidan beri) ko'rmagan edim. Lekin bu safar sen meni taklif qilding. Inshaalloh keyingi safar men seni taklif qilaman,-dedilar.
Uyga kelganimda ayolim mendan vaqtimizni qay kayfiyatda o'tkazganimizni so'radi. Men ayolimga "Juda a'lo kayfiyatda otkazdik. Rahmat senga. Sen sabab bo'lmaganingda butun umr esimga kelmasdi" deb, uni haqqiga duo qildim.
Oradan bir hafta o'tib onam bandalikni bajo keltirdilar. Juda qayg'uga tushdim. Ko'tarishim qiyin bo'ldi. Bu vaziyatdan qanday chiqish yo'liini qidirar edim. Qidirib qidirib ohiri onamni restoranga olib borganimdagi "Bolam, sendan roziman" degan gaplarini yodimga olib ozgina yupandim.
Ikki kundan keyin restorandan, onam menga bildirmasdan to'lagan ikki kishilik cheklarini olib keldim. Chekning yonida bir varaq qog'oz qistirilgan edi. Qog'ozda;
-Bolajonim, bu oqshom uchun senga rahmat. Inshaalloh biz bu yerga yana kelamiz. Agar shu kunlarga men yetmasam, kelinim bilan kelib ketasizlar. Chunki bu oqshomni menga sening ayoling sovg'a qilgan edi,-deb yozilgan ekan... . Этибориз у.н рахмат.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев