Terrorizm - bu shunday bir jinoyat turiki, uni amalga oshiruvchi inson o'z-o'zidan boshqa bir jinoyatga qo'l uradi. U shunday jinoyatki, uni hech ham oqlab bo'lmaydi. Bu Vatanga xiyonatdir. Vatanga xiyonat, mamlakat manfaatlariga zid ish qilish o'z xalqi, davlatiga qarshi kurash olib borishi, terrorchilik, qo'paruvchilik ishlari bilan shug'ullanish kabi ko'rinishlarga ega. Bu harakat zamirida moddiy va siyosiy manfaatlar yotadi. O'z-o'zidan o'rinli savol tug'iladi, mana shunday jirkanch ishlarga qo'l urgan, o'z Vataniga qarshi qurol ko'targan qolaversa, kim bo'lishidan qat'iy nazar begunoh insonlarning hayotiga zomin bo'lgan kishini inson deyish mumkinmi? O'zini shu yurtning asl farzandiman deb bilgan har bir inson terror kabi razil illatlarga qarshi kurashishi lozim. Biz bunday terrorchi, dinni niqoblovchi guruhlardan yurtimizni, dinu-diyonatimizni, tinchligimizni himoya qilmasak, odamlar ayniqsa, hayot tajribasi, ongu tafakkuri shakllanmagan yoshlarimiz ertaga ana shunday kuchlar ta'siriga tushib qolishi mumkin. Biz o'z oldimizga terror kabi illatlarga qarshi kurashib, yurtimiz tinchligi va obodligi, oilamiz farovonligiga o'z hissamizni qo'shishni burchimiz ekanini unutmaylik!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев