Предыдущая публикация
Unutolmayman,
Xayolimdan ketmaysan sira.
Hamma narsa seni eslatar, Go‘yo
borliq sendan xotira. Nima qilay.?
Unutolmayman, Imkon bermas
xatto uyqular, Qulog‘imda
jaranglar hamon, Men yig‘lasam
o‘sha kulgular. Nima qilay.?
Unutolmayman, Izlaring bor,
yursam yo‘limda. O‘qiy-o‘qiy
titilib ketdi, Maktublaring mening
qo‘limda. Nima qilay.?
Unutolmayman, Irodamdan
qilaman nafrat. Gunohim
ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad.?
Nima qilay.? Unutolmayman,
Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch.? Bilmayman
biroq. Nima qilay.? Unutolmasam,
Hasratlarni qilolmasam bas. Axir
qanday unutib yashay, Yoding
bilan olaman nafas
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев