achchiq hayoti..." Yigit uni uchratdiyu sevib qoldi. Qiz uning
hayollarini ög'irlab ketdi. Faqat u haqda öyladi.
Kunlar ötib qizni qidirib topdi. Kuzatdi. Tanishdi.
Qiz undan ikki yoshga katta edi. Yigit bu haqda
qizga aytmadi. Qiz ham yigitni yoqtirib qoldi.
Ular shunday sevishishdi. Ammo bir kun kelib yigit qizga yoshi haqida aytganida, daryo-daryo
köz
yoshlar oqdi. Lekin muhabbat hech qachon
sönmaydi, ular kurashishdi. Yigit uyidagilariga
qarshi
chiqib bölsada, ularni sovchilikka borishga köndirdi. Ular qizni
körib yoqtirib qolishdi. Yigit bilan qiz sevgiga töla
shirin hayotda baxtli edilar.
Kun kelib yigit qizning uyiga sovchilarini yubordi.
Lekin, negadir sovchilar uyda emas ishxonada
kutib olindi (yigit tarafning iltimosiga binoan). Ular tanishishib, suhbatlashishib qaytib ketishdi.
Qiz yigitni
uyidagilaridan xafa bölardi. Yigit ham bu ishning
asl sababni aytmadi. Chunki, shundog'am yigit
uyidagilarini töyga köndiraman deb köp
uringandi. Oliy martaba, boylikdan voz kechgandi. Sovchilar masalasidan keyin bir oz
vaqt ötgach negadir ularning orasi sovuqlasha
boshladi. Yigit uchrashuvlarga kam keladigan
bölib qoldi. Qiz esa uni sog'inib ketardi, chunki
yigitni jonidan ortiq sevib qolgandi. Qiz
kamnamo bölib ketgan yigitga har safar qöng'iroq qilishga imkon topolmasdi. Chunki
telefoni yöq edi. Eng yaqin dugonasining telefoni
orqali gaplashib turardi. Shunaqa qilib oylab vaqt
ötib ketdi. Yigit qizni dugonasining telefoniga
kunora sms yuborib turardi. Bu orada esa,
qizning uyidan sovchilarning qadami uzilmas edi. Qiz yigitga bu haqda xabar qildi. Lekin u
tarafdan javob bölmadi. Shunday kunlarning
birida qiz yig'lab-yig'lab, öz uyidan rozilik
javobini olib ketayotgan sovchilarni kuzatib
qoldi. Endi u firoq va ayriliq azobini
rostmanasiga his qilardi... Qiz bir kun yigitni töyiga aytish uchun unga tel qildiyu töyib-töyib
yig'ladi... Chunki u qöng'iroq qilganida endi yigit
bu olamda yöq edi... Uning dugonalariga esa
kunora yigitning nomidan eng yaqin dösti sms
yozib, qizning hol-ahvolini sörab turardi. Qiz buni
yigit deb öylardi. Qiz yigitning uni öz ölimi haqida bilishini xohlamaganini, bu ish yigitning
yagona va sönggi vasiyati ekanligini bilmasdi....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1