Предыдущая публикация
Endi faqat o‘zgani kutgin, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Seni yaxshi ko‘rardim chindan, Ko‘zlarimga yosh kelar shundan. Faqat bitta iltimos sendan Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Mahallamni to‘ldirib o‘tding, Dugonangni kuldirib o‘tding. Devonangni o‘ldirib o‘tding, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Ko‘rib qaddi-qomatingni, Esga oldim xiyonatingni. Qaytarib ol omonatingni, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi. Atirgulday bo‘lib yuraver, To‘lin oyday to‘lib yuraver. Bor-a, yuzga kirsang kiraver, Tushlarimga kirmasang bo‘ldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев