(насароларга таклид килувчи
"мумин"лар кисмати)
Расули Акрам с.а.в айтдилар:
"Ким бизда бўлмаган ишларни
килса, у мардуддир (яъни рад
килинадиган кишидир)"
(Муслим ривояти)
Yangi yilning kirib kelishini ya'ni har
yili dekabr oyining 31 dan, yanvar
oyining 1-sanasiga ötar kechani
hisoblaymiz. Bu kunni butun dunyo
bayram sifatida nishonlaydi, shu
jumladan omi ongi va ilmi zaif
musilmonlar ham. Yangi yilni kelib
chiqishi aslida, Iyso alayhissalomning
tug'ilgan yillaridan hisob olib
boradigan nasoro qavmlar
tomonidan asos solingan bayram,
bundan kelib chiqadiku bu bayram
musilmonlar uchun oddiy kundek
hisoblanishi darkor. Ammo bizning
diyorimizda yashovchi, özini mömin
biluvchi yurdoshlarimiz,
qarindoshlarimiz nasroniylar
bayramini har yili yuksak tantana
bilan nishonlashadi, bu kunni
nishonlash ularning qon qoniga
singib ketgan. Yangi yilda archani
ilohiylashtirish uni atrofida aylanish,
qorboboni ilohiylashtirish undan
mujiza kutish, qorbobodan mujiza
kutish bu ulkan shirkdir. Bizning
farzandlarimiz Muhammad s.a.v kim
ekanligini bilmasa ham, qorboboni
taniydi, bunga kim aybdor? Yangi yil
kechasi köpgina xonadonlarda
xursandchilik, aysh-ishrat,
mushakbozlik, hamr(spirtli
ichimlik)lar iste'moli shunga öxshash
musulmonchilik shariatiga zid,
mumin inson odoblariga yod, ishlar
qilinishi va yangi kirgan yilni gunoh
bilan qarshi olinishi bu juda achinarli
hamda ayanchli holdir, ayniqsa
bizning "musilmon"lar uchun. Man
aniq aytishim mumkinki, bizning
"musilmon"lar, Ramazon oyi Qadr
kechasini, yuksak darajada mehr
bilan qarshi olmasalar ham, lekin 31-
dekabr kechasini juda köp
"musilmon" oilalar katta extirom
bilan qarshi olishadi. Yangi yil
kechasi, nasarolar bayramini tantana
qilish özini musilmon bilgan kishiga
yarashadimi? Bu bayram
biznikimasku axir!
Rasuli Akram s.a.v aytdilar:
Kim boshqa din insonlarga taqlid
qilsa, öxshashni xohlasa bizdan
emas!
Bizga nasarolarga taqlid qilib, ularni
bayramini ilohiylashtirib, qiyomatda
payg'ambarimiz köziga qanday
qaraymiz? Qanday ulardan shafoat
kutamiz?
Bu kun biz uchun oddiy kun bölib
qolsin azizlar, farzandlarimizga bu
kunning bizniki emasligini uqtiraylik.
Yangi yilni nishonlash musulmonlar
odati emas.
Uni nishonlashga hech qaysi
musulmon
olimi fatvo bergan emas azizlar.
Eslatish bizdan, xulosa sizdan,
hidoyat yolg'iz Allohdandir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев