Gulzor ichra gullar terdim onamga deb
Parvarishlab avayladim onamga deb
Xona ishra ochilgan gul bir bir so`ldi
Bu qizingiz yig`lay yig`lay ado bo`ldi…
Bugun kelar deya kutdim onajonim
Olib ketar deya kutdim otajonim
Bor ekanmi himoyachim akajonim
Yo bormikan menga sirdosh opajonim
Ukam bormi? Singlim bormi bilolmayman
Kecha kunduz yig`laymanu kulolmayman
Nega endi? Men ham baxtli bo`lolmayman
Otajonim onajonim olib keting…
Uyingizmas menga mehr bo`lsangiz bas
Bolam degan so`ziz kerak boylik emas…
Sherimni davom ettirardimu oyijon doktorlar kelishdi ukolimni olmasam bo`lmas ekan…. Doctor amakini gaplarini to`satdan eshitib qoldim ishoning oyijon gap poylash niyatim yo`q edi bilmasdan eshitib qo'ydim oyijon kechiring poyloqchi ekan deb mendan xafa bo`lmang… aytishlaricha men rak ekanman rak nimaligini bilmadimu oyijon ammo bir oylar yashar ekanman ko`z yosh menga mumkin emas ekan lekin ularga yashirib har kuni yig`layman siz kelmasangiz menga hayotni nima keragi bor oyijon. Mayli oyijon shu bir oy ichida bir marta bo`lsa ham uzoqdan bo`lsa ham kelib keting. Bir marta bag`rizga bosib meni qizim deng oyijon. Mali xayr oyijon o`zingizni ehtiyot qiling meni tashlab ketgan bo`lsaiz ham men sizni juda juda yaxshi ko`raman. Dadajonimga salom ayting opa singillarim aka ukalarim bo`lsa meni nomimdan o`pib qoying oyijon sizlarni juda yaxshi ko`raman… oyijon kechasi bilan hech qayerga sig`madim bolalar uyiga, xonamizga xatto kiyimimga ham qizib ketaverdim ketaverdim…
Derazaga ko`p tikildim kelmadingiz
Biron bora hatto holim so`rmadingiz
Tashlab ketish uchun meni tug`ganmidiz?
Xayr oyi so`ngi kunim kelmadingiz…
Umrim shuncha qisqa ekan bilmay o`sdim
Yetti yoshda rak ekanman bilmadingiz.
Meni shuncha yomon ko`rasizmi oyi
Men ketyapman so`ngi kunim kelmadindiz.
Jannat sari qadam qo'yib ketdim oyi
Kutmoqlikdan ozod bo`lib ketdim oyi
Endi sizni Jannatda kutaman…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев