Diydor talab qilsalar hargiz g'ofil bo'lmasin.
G'ofil topmas haq yo'lin, anda topmaslar orin,
Ichi toshi ko'yibon saharlarda yotmasin.
Yodi birlan bo'lsalar, diydor orzu qilsalar,
Harchand xorlik ko'rsalar ko'ngul o'zga bo'lmasin.
Oshiqlarga dunyoda xorlik , zorlik, malomat,
Malomatsiz mehnatsiz oshiq man deb aytmasin.
SHariatda tajriddur dunyosini tark etmak,
Tark etmayin dunyoni, Haqni suydim dimasin.
Tariqatda tan jonni tark etmagi tajriddur,
Tark etmayin tan jonni tajrid bo'ldim demasin.
Haqiqatda haromdir bir Xudodan o'zgasi,
Andog' bo'lmay oshiqlar diydor orzu qilmasin.
Andog' Rasul Mustafo dunyo molin suymadi,
Ummat bo'lsa Rasulga dunyo molin suymasin.
Miskin Ahmad Yassaviy salom aydi do'stlarga,
Ushbu so'zning manosin tolib bo'lsa anglasin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев