qismati". Netda tanishib uchrashgan aka-
singil. Virtual muloqotlar, qizlar bilan
tanishish, sinovidan o'tmaganlari bilan
behayo suhbatlar qurish jon-u dili edi. Toki
bir voqea uning hayotida chuqur iz
qoldirmagunicha. Xullas, u internetda taniqli
aktrisalardan birining suratlarini qo'yib olib,
"Guli" degan ismda profil ochgan qiz bilan
tanishib qoldi. Uning ham saytdagi ismi
boshqa edi. Bir-ikki gaplashganlaridan keyin
qizni uchrashuvga taklif qildi. Aytilgan
vaqtda, aytilgan joyda o'tirgan yigitning
diqqatini uzoqdan köringan qiz öziga tortdi.
Uchrashuv joyiga... uning singlisi kelardi...
Qiz ham uni ko'rib qoldi... Yigit tiligacha
muzlab ketdi... Saytda gaplashganlarida
unga aytilgan behayo takliflari, qizning
sharmisora javoblari... Shundan beri
saytlarga yo'lamaydi... Singlisining esa
yuziga ham qaragisi kelmaydi... O'sha
"uchrashuv"dan keyin uni qattiq
do'pposladi, qo'lidan telefonini olib
qo'ygan... Lekin yuragini qandaydir iztirob
kemirgani kemirgan... U doim bir narsani
öylaydi: "Men singlim bilan tanishgan
nechanchi yigit ekanman-a?..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев