Предыдущая публикация
Lablaring kulsada mahzun nigohing Falakni tutsada yetmaydi ohing O'zing ham bilmaysan nedir gunohing Zamonning zayliga ko'nmagan ko'ngil..! Sokinlik istaysan... Yoqmaydi suron Yolg'izlik istaysan, topmaysan makon Ortiqdek ko'rinar goh taningda jon Zamonning zayliga ko'nmagan ko'ngil..! Oy ko'zgu... Ko'z ila to'qnashdi ko'zing Qalam-la tonggacha talashding so'zing O'zin birlan nechun olishding o'zing Zamonning zayliga ko'nmagan ko'ngil
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев