Sog'indim. sog'inchim ortiq aytaolmayman,Afsus, yoningizga endi qaytaolmayman. Sog'indim, sog'inchdan g'ururim ustun, G'urur sevgimizga yasadi yakun. Bilaman Siz xam meni sog'inmoqdasiz, Dil to'lib, yig'lolmay o'rtanmoqdasiz. Sog'indim, bir bora yuzingiz ko'rsam, Bir jur'at bo'lsa- yu, holingiz so'rsam. Lek g'urur deganim yo'l qo'ymas xech xam, Sevinib sevishga imkon bermasam. Sog'indim. Sog'inchim kimga aytayin, Unutdim deb endi qanday qaytayin. Qandayin aytayin, Sizga sog'inchim, Juda sog'inyapman Sizni sog'inchim. Sog'indim. sog'inchli shirin gaplarni, Sog'inib o'qiyman eski xatlarni. Siz yozgan xatlardan Sizni izlayman Afsus-la, alamdan o'zim yig'layman. Bilaman sog'inib, siz ham o'ylaysiz Xato qildim deya o'zni qiynaysiz. Ammo g'ururingiz sog'inchdan ustun, Go'zal sevgimizga aylagan yakun....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев