U hayotimdan ketdiyu, Lek hayolimdan ketmaydi.
Ko'z oldimda nigohi hamon, Sevgi izlardim ko'zlaridan.
Ovozin qumsayman yomon, Yolg'on taralsada so'zlaridan.
Kutardim unga kirar deb insof, U esa sevgimni qilardi isrof.
Men kutgan insof unga kelmadi, Afsus,u men sevgandek sevmadi.
Ko'zimga boqib, sevgim bilmadi, Sevgim ko'zimda edi namoyon.
So'zlarim tinglab, rahm qilmadi, "Ketma" deb iltijo qilardim har on.
Umidsiz bo'lsada sevaverardim, Va'dalari yolg'on, buni bilardim.
Tinimsiz u haqda o'ylaverardim, Ozor bersada baxt tilarverardim.
Unga baxt tilab, baxtim yo'qotdim, Chunki baxtim deb uni bilardim.
U ketib g'am botqog'iga botdim, Ushalmasada uni orzu qilardim.
Sevgim qasri bo'ldi vayrona, Shaxzodasi uni tark etdi.
Orom yuragimga endi begona, Chunki o'zi bilan olib ketdi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев