Gul ham unmay qoldi xatto bog'imda
Kalxatlar ko'z tikib alpdek tog'imga
Quzg'unlardan asraguvchi otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Omadni quvib ko'klarga uchdim
Yov xukm qildi, o'limdan cho'chdim
Tog'larga quladim xarsangni ko'chdim
G'animlardan asraguvchi otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Ilmu-hunar topdim, yopiq yo'llarim
Ko'rinmas iplardan, bog'liq qo'llarim
Dardim so'ylagani yuluk tillarim
Tilim biyron so'zlaguvchi otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Bir qadam tashlasang g'animlar bisyor
Aybingni topsa gar qiladi oshkor
Ular uchun bo'lsang, g'arib-u nochor
Nochorlikdan qutqaruvchi otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Xasadgo'y inson, axtarmagil ko'p illat
Sani makonlaring, shunchalik zulmat
Yorug'lik dushmaning, do'stindur xilvat
Zulmatlarni yoritguvchi otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Er yigit boshiga tushsa gar mehnat
"Mehnat tagi oltin" toparlar rohat
Lattachaynar razil, qilsalar tuxmat
Tuxmatlardan oqlaydigan otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Tushkunlik yiqitdi org'idi boshim
Tomog'imdan o'tmay qoldiku oshim
Oshiq Bahrom, yetmas endi bardoshim
Yuragimda poklaydigan otam bor
Duogo'yim munisgina onam bor
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев