Avtobusda odam
unchalik köp emasdi. Bekatda 35
yoshlar atrofidagi bashang
kiyingan ayol avtobusga chiqdi.
Kun juda issiq, aksiga olib
hamma joylar band, aksariyati özi
tengi va yoshi ulug'lar. Faqat
orqaroqdagi örindiqlarning
birida 14-15 yosh atrofidagi
qizcha jimgina köchani tomosha
qilib ketardi. Ayol ösha tomonga
yurdi. Lekin qizcha joy berishni
hayoliga ham keltirmasdi. Bunga
sayin ayol asabiylashar, qizga
burgutqarash qilardi. Qizning
e'tiborini tortish u-n yötalib
qöydi. Qizcha yoshi katta
"xola"ga
bir qarab qöydiyu yana
bamaylixotir ötiraverdi. Ayol kun
böyi tik oyoqda charchagandi.
Xuddi hammasiga qizcha
aybdordek unga jahl b-n qarardi.
Xotirjam bölishga urinardi.
"Yaxshiyam madaniyatli, tarbiyali
ayolman, örnimda boshqasi
bölganida bu qizaloqqa ham
yaxshigina tarbiya berib qöygan
bölardi",- hayolidan ötkazardi
ayol. Avtobus juda imillab keyingi
bekatga keldi. Yana 5-6 odam
chiqqach ayol battar
öng'aysizlana boshladi. Nihoyat u
qarshisida ötirgan ayollardan
biriga qizcha eshitadigan qilib
gapirdi: "Biz yoshligimizda
avtobusga özimizdan kattalar
chiqqanida joy berardik. Hozirgi
bolalarga hayronman. Masalan
manavi qizcha (qöli b-n körsatdi),
ota-onasi har kuni nimani
örgatadi, bilmadim. Ötirishini
qarang". Qizcha yarq etib ayolga
qaradi. Ayol g'olibona nazarda
qizchaga qarardi. U haq gapni
aytganidan yuzida mamnuniyat
sezilardi. Qizcha yerga qarab jim
bölib qoldi. Keyingi bekatda
avtobus töxtagach 23-24
yoshlardagi bir yigit shoshib
chiqib qizchaning yoniga keldi. -
Akajon,- qizcha köz yoshlarini
ortiq tiyolmadi. Akasi uni kötarib
oldi. Ular haligi ayolning yonidan
ötisharkan, qizcha halitdan beri
ularga ma'noli qarab turgan
ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam
bölsa..." Ayol jim edi. U
avtobusdan tushib qizchani
nogironlik aravachasiga
ötqazayotgan yigitni kuzatib
qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin
avtohalokatga uchragan, faqat
shu qizcha tirik qolgan",
kimningdir ovozi eshitildi.
Avtobus yurgan vaqtda qizcha
ötirgan, bösh örindiqqa qarab
qolgan ayolning közlarida yosh
tinmasdi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2