Yigit ö'z uyining yerto'lasida ustachilik bilan shug'ullanardi. U qöli gul hunarmand bölib, eshik va romlar yasashda unga yetadigani yöq edi. Kunlarning birida u har doimgidek öz ishini qilayotganida chiroq öchib qoldi. Usta bir qancha muddat kutdi, lekin chiroq yonmadi, aksiga olgandek shu kuni bitirishi kerak bölgan buyurtmasi bor edi. U afsuslangancha, biroz dam olish uchun uyga kirayotganida elektr yoqib-öchirgichga közi tushdi. Kimdir atay elektrni öchirib qöygandir deb öyladi. Darhaqiqat, dastakchalarni tepaga kötargan edi ustaxona chirog'i yondi. Usta biroz asabiylashdi, "Kim qildi bu bema'ni ishni?", - öylardi u. Yertölaga tushib endi boshlagan ham ediki, chiroq yana öchib qoldi. Ammo bu safar u elekrtni kim öchirganligini aniq kördi. Ustaning ög'li sekin chiroqni öchirib, narvonda pastga tushganida, ortida otasi unga jahl bilan qarab turardi. Usta endi ön yoshga tölgan ög'lining bu qilgan ishini kechira olmadi, jahl bilan butun ishni kechiktirgan ög'lining yuziga shapaloq tortdi. "Endi esi kiradi, bir marta öchirgan bölsa ham mayli edi". Bolakayning yuzi qizarib ketgan, labidan qon sizardi. Lekin, azbaroyi g'azab otiga mingan usta ög'lining köz yoshlariga e'tibor ham qilmay uyga kirib ketdi va xotiniga baqirdi: "Bu bolaning maktabda kimlar bilan aralashib yurganligini bilishimiz kerak. Shundayligicha qöyib qöysak boshimizga balo böladi!" Охiri eng oson yöli topdi. Ög'lining qölidan hech qöymaydigan kundaligini öqiydi va uning nima ishlar qilib yurganligini bilib oladi. Хоtinining qarshiliklariga qaramasdan ög'lining kundaligini ochib öqiy boshladi. Bolakay sönggi sahifaga shu sözlarni yozgandi: "Bugun yomon tush kördim. Tushimda ustaxonada ishlayotgan dadamni tok uribdi. Ey, Xudo, dadamni özing asra. Dadam dunyodagi eng mehribon odam. Men ham qölimdan kelganini qilaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев