Предыдущая публикация
Afandi bozordan yarim qadoq yong'oq olib, asta chiqib ketayotgan edi, ro'parasidan bir bola chiqib salom berdi. Afandi alik olib, bolaga bitta yong'oq berdi-da, sevinib dedi:
— Salom bergan bolalarni juda yaxshi ko'raman. Qani endi, boshqa bolalar ham senga o'xshash salom berishni bilishsa!
Bola nariroqqa borib ingichka ovozda salom berdi, Afandi yana yong'oq uzatdi, ko'chaning o'rtasiga yetmasdanoq bola yo'g'on tovushda salom berib, yana bir yong'oq oldi, tor ko'chaga burilmasdan xirillagan tovush bilan salom bergan edi, Afandi bilib qolib:
— Salomni yong'oqqa alishib yeb, tomog'ing og'rigan shekilli, tovushing chiqmayotibdi, yong'oq yema!— debdi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев