O’zimizni tadqiq qilishni davom ettirishdan avval, keling, hayotiy quvvat tushunchasi bilan tanishib olaylik. Bu tur energiya haqida odamlar yaqin-yaqingacha ilmiy tushunchaga ega bo’lishmagan. Umuman – bu soha hali yaxshi o’rganilmagan. Ammo biz uchun hozirgacha to’plangan bilimlar yetarli.Har bir organizmda ikki xil quvvat mavjud – jismoniy (fizik) va hayotiy. Jismoniy energiya, anglab turganingizdek, muskullar quvvati, tana harorati va biologik faollik uchun zarur boshqa quvvat turlari.Hayotiy energiya – bu sizning ruhiy holatingizni belgilab beruvchi kuchdir. Agar sizda g’ayrat-shijoat to’lib turgan bo’lsa, hayotiy quvvatingiz juda yuqori demak. Agar siz hech bir ishtiyoqsiz, hamma narsaga befarq yashayotgan bo’lsangiz – unda hayotiy quvvatingiz o’ta tushib ketgan.Hayotiy quvvat jo’sh urib turgan tana o’zini juda tetik va yengil his etadi. Kuchli sevinch hissi hayotiy quvvat oqimini kuchaytirib beradi. Misol uchun, siz uzoq payt ko’rmagan qadrdoningiz shaharga kelayotganini eshitib qoldingiz. Uni kutib olgani borayotganda quvonchdan bosgan qadamingiz vaznini ham his etmaysiz.Yoki katta xushxabar bemor odamni davolab qo’yishi mumkin. Va aksincha, kuchli ruhiy zo’riqish hayotiy quvvatingizni shu darajada tushirib yuboradiki, bu sog’lig’ingizga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Noxush xabardan odamning hushini yo’qotishi bunga isbot.Barchamiz tug’ilganimizda ma’lum miqdorda hayotiy energiya bilan dunyoga kelamiz. Hayot davomida uni turli narsalarga sarf qilamiz va shu zahira tugashi bilan hayotdan ko’z yumamiz.Tashvishlar, diqqatpazlik, kuchli ruhiy zo’riqish, turli salbiy tuyg’ular – bularning bari hayotiy quvvat kushandalaridir. Nisbatan uzoq umr ko’rganlardan so’rab bilsangiz, ularning hayoti bir maromda, keskin burilishlar va katta muammolarsiz o’tgan bo’ladi.Hayotiy energiya zahirasini to’ldirish juda qiyin. Buning hozirda bizga ma’lum yagona usuli – bu zavqlanish. Tabiat go’zalligi, diltortar musiqa, yoki sevimli mashg’ulot kishiga zavq berish bilan uning hayotiy quvvat darajasini ko’taradi. Tabiatga va san’atga shunchalik qattiq bog’langanligimiz sababi ana shunda.Kimdir Tangri yaratgan tabiat yoki inson yaratgan san’at na’munalaridan bahra olsa, yana kimdir o’zi yaratuvchilik qilib maroqlanadi. Boshqa odamlarga yordam berib zavqlanuvchi insonlar ham bor. Va aksincha – boshqalarning tinchini buzib zavqlanadiganlar ham bor. Bular quvvatxo’r odamlardir – ular sizning nozik yeringizdan tutib, hayotiy quvvatingizni o’g’irlashadi. To’g’rirog’i, o’zingiz ularning nayrangiga uchasiz va hayotiy quvvatingizni ularga berib qo’yasiz.Hayotiy quvvatingizni ehtiyot qiling. Qitmir odamga duch kelsangiz – unga nisbatan mutlaqo befarq bo’ling. U sizni u yoqdan bu yoqdan ilmoqchi bo’lib tirishadi – ammo agar siz oxirigacha befarq qola bilsangiz, u sizni o’z holingizga qo’yadi. Qaytanga, u sizning g’ashingizga tegish uchun quvvat sarflaydi-yu, hech vaqoga erisha olmaydi.Hayotni, tabiatni, san’atni sevish qobiliyati hayotiy quvvatingizni yuqori tutib turish uchun juda foydali. Shunday ekan, dunyoning har qirrasidan bahra olib, ko’nglingizni keng qilib yashang. Keng ko’ngilga o’ziga yarasha katta baxt beriladi. Qalbi tor odam esa, yo’lidan qancha katta baxt chiqmasin – tor ko’ngliga siqqanini ololadi, xolos.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев