Qanday vaziyat bo'lmasin, dam olish kunlarini ko'ngildagidek o'tkazish uchun nima qilish kerak?Qisqa qilib aytganda, dam olishni shunday tashkil qilish kerakki, dushanba kuni ishga kelib,o'zingizni charchagan, dam olish kunlarini samarasiz o'tkazganday his qilmang. Birinchidan, dam olish kunlari kayfiyatingizga yengillik hadya etadigan va o'zingiz yaxshi ko'radigan kiyimni kiying.O'rganib qolgan odatingiz bo'yicha telefoningizdagi internetga kirib o'tirmang. Shukuni chiroyli, yengil sport kiyimida do'stingiz bilan badminton yoki tennis o'ynang. Harqalay sport mashqlaridagi tanaffus paytida do'stingiz bilan hayotiy orzular haqida suhbatlashish kishiga huzur bag'ishlaydi.
Ikkinchidan,chiroyli kiyinib, o'zingiz yoqtirgan inson onangiz, otangiz yoki do'stingiz bilan teatrga boring.Dam olishning yana bir eng ma'qul shakli o'zingiz yashab turgan uyingizni tozalang va tartibga keltiring. Xonadoningizda, albatta, gullar bo'lsin va uni parvarish qilish bilan shug'ullaning.
Uchinchidan, o'zingiz yoqtirgan musiqani tinglang.Dam olish kunlarining birida ota-bobolarimizdan qolgan ulug' meros: tarixiy obidalar ziyoratiga borish safarini tashkillashtiring. Bu tashkiliy ishham insonga ruhiy sokinlik bag'ishlaydi.To'rtinchidan, biz.siz uchun tayyorlagan qiziqarli ma'lumotlarni o'qing. Ularning har birinisaralab, sizga moslaganmiz. Bu bilan sizni zerikishdan holi qila olsak, biz uchun shuning o'zi katta baxt ;)Albatta, har dam olish kuni o'z orastaligingiz bilan shug'ullanish ham kuningizning samarali o'tishini ta'minlaydi. Sochingiz, yuzingiz va qomatingizni chiroyli qilish uchun sut mahsulotlari, sabzavot va mevalardan iborat xalqona pardoz usullaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев