Jonim uzilguncha kuylab o'taman.
Tinglamay qalbimning biror dardini,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Qaylardasiz mensiz oh baxtim manim,
Sizsiz umrim xazon, bu jonsiz tanim,
Yildan uzun o'tar har tun, har kunim,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Bilaman kelmaysiz, kutganim bekor,
Ko'zlarim yosh to'kar, yuragim bemor,
O'zim yolg'onimga ishonib bedor,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Sog'inch bilan goho bag'rim to'lganday,
Ishonch lashkaridan qalbim kulganday,
Xuddi kelishingiz aniq bilganday,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Sizni sevib, sevgi dunyosin topdim,
Hayotim, umrimning ma'nosin topdim,
Yurakka o't qo'yib, alanga yoqdim,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Axir kutish ham baxt, ko'ngil qo'yish baxt,
Baxt uyimga aslo kirmaydi nafrat,
Axir qilolmayman sizga xiyonat,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Aqldan ozarman balki kutishdan,
Ko'nglim hasratidan, azob yutishdan,
Qo'rqaman o'zganing qo'lin tutishdan,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Sizga meningdayin oshiq bormikan,
Mendek yo'lingizga kimdur zormikan,
Bir insonga shuncha intizormikan,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Hayotning eng mahzun ohanglarini,
Jonim uzilguncha kuylab o'taman.
Tinglamay qalbimning biror dardini,
So'ngi nafasgacha sizni kutaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев